«Tabiat», «qishloq bilan shaharning bog‘liqligi», «Yerdagi hayot va hayotiy
jarayonlarning fizik-
ximik asoslari», «Ekish va о‘simliklarni parvarishlash»
kabi mavzularga taqsimlangan edi. Bunday kompleks dasturlar tabiiy ravishda
о‘quvchilarga sistemali bilim bera olmas edi, shunga kо‘ra о‘quv
materialini
laboratoriya metodi asosida о‘rganish targ‘ib qilina boshlandi. Natijada
о‘quvchilar sinf darslari о‘rniga tabiatni kuzatish, tajriba о‘tkazish bilan
shug‘ullana boshl
adilar. Laboratoriya metodi о‘quv dasturining asosiy maqsadi
mehnat, tabiat va jamiyat
kompleksni о‘rganishdan iborat bо‘lgan.
Bu kompleks
о‘quv dasturlari maktablarda о‘qiladigan о‘quv fanlari orasidagi tо‘siqni bartaraf
qilishg
a qaratilgan edi. Lekin bunday kompleks о‘quv dasturlari о‘quvchilarga
sistemali bilimlar bera olmasligi tezda ma’lum bо‘lib oldi. Shuning uchun 1931
yildan boshlab xukumat qarori bilan boshl
ang‘ich va о‘rta maktab isloh qilindi va
ta’lim berishning asosiy tashkiliy sha
kli dars bо‘lishi lozimligi uqtirildi. Shu
paytdan boshlab maktablarda botanika, zoologiya, odam anatomiyasi,
fiziologiyas
i, darvinizm о‘quv fanlari maktab rejasiga kiritildi va ana shu о‘quv
fanlar bо‘yicha о‘quv dasturlari
va darsliklari yaratildi, hamda maktab hayotiga
joriy etildi.
Biroq 1964 yilga qadar maktab darsliklaridagi bilimlar biologiya fanining
1930-40 yillaridagi rivojlanish xolatini yoritib keldi. Vaholanki didaktikaning
ilmiylik prinsipiga kо‘ra maktab о‘quv fanlari о‘z mazmuniga kо‘ra fanning
keyingi yut
uqlarini о‘zida ifoda qilishi lozim edi. Rossiya va О‘zbekistonda
chiqarilgan biologiya darsliklarining biologiya fani yutuqlaridan orada olganligiga
asosiy sabab shuki 1935-65 yillar mobaynida biologiya fanida qattiy g‘oyaviy
kurash davom etdi. Akademik T.D.Lisenko boshliq bir guruh olimlar chet
mamlakatlarda qо‘lga kiritilgan fan yutuqlarini tan
olmadilar va ularni burjua
olimlarining kashfiyotlari, ular g‘oyaviy jihatdan bizning dunyoqarashlarimizga
zid degan bahona bilan biologiya fanining sо‘nggi yutuqlarini darslik saxifalaridan
о‘rin olishiga tо‘sinlik qildilar. Faqat 1964 yil oktabr oyida akademik Lisenko
shaxsiyag
a sig‘inish barbod bо‘lganidan keyin maktabdagi barcha biologik dastur
va botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, umumiy biologiya
14
darsliklari
mazmuniga genetika, ekologiya, stitologiya, bioximiya, molekulyar
biologiya va shu
kabi fanlarning sо‘nggi yutuqlari kiritildi. Yangi darslik bilan
birga ularning о‘qitish metodikasiga oid qо‘llanmalar ham nashr qilindi.
Bular qatoriga prof. P.I.Borovistkiy tahriri ostida chiqqan “Biologiya
о‘qitish metodikasi” M.1962, prof.B.V.Vsesvyatskiyning Biologiyaning umumiy
о‘qitish metodikasi” M.1960, N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalarning
“Biologiya о‘qitishning umumiy metodikasi” M.1983, prof. I.N.Ponamaryova
taxriri ostida nashr
qilingan “Biologiya о‘qitishning umumiy metodikasi” M.2003
kabilarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: