O’zbekiston Respublikasi Xalq


Biologiya o‘qitish metodikasi o‘quv fani sifatida



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

Biologiya o‘qitish metodikasi o‘quv fani sifatida 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim biologiya O‘qituvchini 
tayyorlashda biologiya o‘qitish metodikasi o‘quv fani nihoyatda muhim o‘rin 
tutadi. Bu o‘quv fanini o‘qitish jarayonida talabalarning biologiyani o‘qitish uchun 
zarur kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Tabiiydirki, o‘quv fanida 
fan to‘plagan hamma bilimlar emas, balki uning asoslari berqiladi. Ular o‘qitish 
vazifalaridan, o‘quvchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasini e’tiborga olgan holda 
maxsus saralangan bilimlar o’quv qo’llanmasidan iborat. Fandan farqli ravishda 
o‘quv fanining asosiy vazifasi bilim va ma’lumot berishdir. O‘quv fani fanning 
ani nusxasi emas. O‘quv fanini yaratishda fan tomonidan to‘plangan bilimlar va 
tajribalar tizimini talabalarga berish ustunlik qiladi. U faqat ilmiy ma’lumotlarni 



to‘plash tartibi emas, balki tushunchalarni umumlashtirish, aniqlashtirish, ilmiy 
faktlarni, fikr – mulohazalarni tartibga solishdan tarkib topadi. 
O‘quv fani o‘zining asosiy bilim va ma’lumot berish funksiyasidan kelib 
chiqqan holda ma’lum tartib asosida tuzilgan. Oliy maktab biologiya o‘qitish 
metodikasi darsligi o‘z tuzilishi va mazmuniga ko‘ra fanga yaqinroq. U o‘z 
tarkibiga ilmiy ma’lumotlardan tashqari fandagi ayrim munozarali masalalarni 
yechishga qaratilgan turlicha qarashlarni, xayotni topishda muvafaqiyatli yo 
muvafaqiyatsiz izlanishlarni ham o‘zida ifoda qiladi. Shu bilan bir qatorda ilmiy 
izlanishlar metodologiyasini, usullarini ham yaratadi. Biologiya o‘qitish 
metodikasi o‘quv fani talabalarni nazariy va amaliy jihatidan tayyorlash jarayonida 
faqat maktab biologiya kursining tuzqilishini bayon yetish cheklanmay, umumiy 
o‘rta va o‘rta maxsus kasb – hunar muassasalarida biologiya bo‘yicha o‘qitishning 
tashkil yetishni o‘ziga xos tomonlari bilan ham tanishtiradi, biologiya o‘qitish 
usullari, vositalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma malakalarni shakllantirishga 
hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan minimal bilimlar o’quv 
qo’llanmasini talablar tomonidan o‘zlashtirishga imkon beradi. Shu bilan 
birgalikda zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalarni qo‘llash, biologiya 
o‘qitishda innovatsion yondashish ko‘nikmalarni hosil qiladi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin