VIII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
IX. Uyga vazifa berish.
О‘qituvchi modul dasturi yakunidan sо‘ng, о‘quvchilarga yangi mavzu
bо‘yicha test topshiriqlarini tavsiya etadi. О‘quvchilar test topshiriqlarining
javoblarini aniqlagandan
sо‘ng, о‘qituvchi tо‘g‘ri javoblarni e’lon qiladi.
О‘quvchi о‘z javoblarini о‘zi tekshiradi va modul dasturining tegishli grafasiga о‘z
bahosini
qо‘yadi. Shu tariqa о‘quvchi о‘z-о‘zini nazorat qiladi. Modul
dasturining
bajarilishini nazorat qilishda,
о‘quvchilar о‘rtasida о‘zaro nazoratni qо‘llash xam
yaxshi natija beradi.
Hamkorlikda
о‘qitish texnologiyasi.
Biologiyani
о‘qitishda hamkorlikda о‘qitish texnologiyasining komandada
о‘qitish, kichik guruhlarda о‘qitish, “arra” yoki “zigzag”, “Birgalikda о‘qiymiz”
metodlaridan foydalanish imkoniyati mavjud:
Komandada
о‘qitish
(R.Slavin) metodidan foydalanilganda
о‘quvchilar teng
sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi.
Komanda a’zolari
о‘quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir о‘quvchi
mavzudan
kо‘zda
tutilgan bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirishiga
e’tiborni qaratadi. Hamkorlikda
о‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bо‘lgan
R.Slavinning ta’kidlashicha,
о‘quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish
bо‘yicha kо‘rsatma berilishi yetarli emas. О‘quvchilar о‘rtasida tom ma’nodagi
hamkorlik, har bir
о‘quvchining qо‘lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-
biriga sidqidildan
yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga
kelishi zarur. Mazkur texnologiyada
о‘quvchilarning bilimlarni о‘zlashtirish
sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas,
balki har bir
о‘quvchining kundalik
natijasi avval
qо‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina о‘quvchilar
о‘zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan
holda ma’suliyatni his qilib,
kо‘proq
izlanishga, bilim, kо‘nikma va malakalarni
puxta
о‘zlashtirishga intiladi.
Dostları ilə paylaş: