O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

Gulli 
о‘simliklarning 
oilalari 
Gul tuzilishi 
Meva xili 
134 


Darslik 
bо‘yicha uy vazifalari о‘tilgan darsda hosil qilingan bilimlarnigina 
emas, balki undan oldin 
о‘zlashtirilgan bilimlarni ham mustahkamlash yuzasidan 
bо‘lishi mumkin. Darsda о‘qituvchi ish uslublari sistemasi vositasida о‘quvchilarni 
uyda darslikdan 
tо‘g‘ri foidalanishni о‘rgatib boradi. Bu uslublar quyidagilardan 
iborat: Yuzaki qarab chiqish orqali darslik materiali haqida dastlabki tushunchaga 
ega 
bо‘lish.Matnning bir muncha qiyin qismlarini, ta’riflarni, qonun, qoidalarni
lug‘atlarni 
о‘qish va taxlil qilish, rasm, sxema, jadvallarni kо‘rib chiqish va 
ma’nosini tushinib olish, raqamli ma’lumotlarga e’tibor berish. 
О‘quvchilar uyda darslik bilan ishlaganda matnni о‘rganishdan oldin, maqola 
yoki mavzuning asosiy qoidalarini aniqlab olishlari va boshqa ma’lumotlardan 
ajratib olishlari kerak. Yuqori sinf 
о‘quvchilari darslikni о‘qish vaqtida qisqacha 
yozib borishlari foydalidir, ular 
о‘rgangan matnni xotirada kо‘proq qolishga 
yordam beradi. Darslik mavzulari 
bо‘yicha rejalar tuzish, tezis va maqolalar 
yozish, bularning hammasi 
о‘quvchilarni darslikdan tо‘laroq va chuqurroq 
foydalanishga, uy vazifasini tushunib tayyorlashga yordam beradi. Bilimlarni 
mustahkamlashda rasmlar katta ahamiyatga ega 
bо‘ladi. О‘quvchilar faqat og‘zaki 
javob berib qolmay, balki ayrim gullarning, xayvonlarning va ularning 
organlarining tuzilishini, sxematik chizishni ham bilishlari kerak. Shuningdek, ular 
qon aylanish, nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar almashinuvini sxemasini 
chizishni ham bilishlari zarur. Uyda bajariladigan amaliy ishlar tabiiy material 
bilan mustaqil amaliy ish bajarishni talab etuvchi har xil topshiriqlar katta 
ahamiyatga ega. Uy vazifalari morfologik va fiziologik xarakterda 
bо‘lishi 
mumkin. Morfologik xarakterdagi vazifalar gerbariy tayyorlash, gul qismlarini 
ajratish.kabilar darsda tegishli materialni 
о‘rganilgandan sо‘ng bilimni 
mustahkamlash uchun beriladi. Fiziologik mazmundagi topshiriqlarni tajriba yoki 
kuzatish natijalaridan tegishli darslardan foydalanish uchun olidindan berish 
ma’qul. 
Dastlabki eksperimental ishlarni ma’lum muddatda qaysi darsda foydalanish 
uchun ularni 
о‘quvchilarga topshirish vaqtini hisoblab chiqish zarur.bunday uy 
135 


vazifalari 
kо‘proq botanikadan bо‘lishi mumkin. Ularni bajarish uchun taxminan 
necha kun kerakligi quyida keltirilgan 
Gerbariy quritish uchun – 7 kun 
Urug‘ning har xil sharoitda unib chiqishi – 7 kun 
Ildizning 
о‘sishini kuzatish – 10 kun 
Qalamcha va parxishdan 
о‘simlik о‘stirish uchun – 14 kun
Tajribalar natijasini 
о‘quvchilar о‘qituvchining kо‘rsatmasiga binoan tegishli 
darslarga olib keladilar. Tajribalar haqida ma’lumot beradilar. 
О‘z tajribasini 
о‘qituvchi bajarayotgan tajriba bilan taqqoslaydilar. Zoologiya bо‘yicha amaliy 
ishlar asosan kuzatishlar bilan bog‘liqdir. Masalan: qushlarning in qurishi, tuxum 
bosib yotishi, qaldirg‘ochlarning j
о‘jalariga hasharotlar olib kelishi kabilardir. 
Odam va uning salomatligi kursidan uy vazifalari ham amaliy va tadqiqiy 
mazmunda b
о‘lishi mumkin. Bularga uy sharoitlarida suyaklarni kuydirish, ularni 
kislotaga solish, hayvonlarda shartli reflekslar hosil qilish kabilarni olish mumkin.
Umumiy biologiya kursidan ham tabiiy obektlar bilan ishlash b
о‘yicha har xil 
mustaqil topshiriqlar b
о‘lishi mumkin. Bunday topshiriqlar organizm shakllarining 
xilma-xilligini 
о‘zgaruvchanligini va moslanishlarini har xil ekologik omillarini 
organizmga ta’sirini 
о‘rganish yuzasidan bо‘lishi mumkin. Uyda о‘tkazilgan 
tajriba natijalari 
tо‘plangan gerbariy va kolleksiyalar darslarda foydalaniladi. 
О‘quvchilarning axborotlari о‘qituvchi bayon qiladigan materialga kiritiladi. 
O’quvchi yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu jumladan dunyo 
bozoriga milliy an’analarimiz asosida maktablarda fan to’garaklarining faoliyati
o’quvchilar tomonidan yaratilgan mahsulotlarni namoyish qilish, maktabdan 
tashqari ta’limga o’quvchilar qamrovini oshirish, o’quvchilar qiziqishlariga ko’ra 
to’garaklarni tashkil etish va doimiy faoliyat olib borishiga jiddiy e’tibor berish 
aytib o’tilgan. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin