Ekskursiyaga tayyorgarlik.
Ekskursiyaning samaradorligi k
о‘p jihatdan uni puhta tayyorlanishiga bog‘liq.
Har bir ekskursiya ham tashkiliy hamda nazariy jihatdan puxta tayyorgarlik
va aniq reja asosida
о‘tkazishni talab qiladi.
Tayyorgarlik ishlari quyidagicha amalga oishiriladi:
Ekskursiyaning mavzusi va maqsadi belgilanadi, keyin unda
о‘quvchilar
о‘zlashtirishi mо‘ljallangan о‘quv materialining mazmuni aniqlanadi. О‘qituvchi
ekskursiyaga borishdan bir necha kun oldin
о‘zi о‘sha ekskursiya joyi va
marshrutini
kо‘rib keladi, (ya’ni taxminiy ekskursiya qilib keladi). Bunda
о‘rganiladigan obektlar va qulay marshrut tanlanadi, qayerda, qanday material
yig‘ish va qayerda tushuntirish hamda suhbatlar
о‘tkazish mumkinligi belgilanadi,
ekskursiya uchun qancha vaqt sarflanishi aniqlanadi. Ekskursiya uchun zarur
bо‘lgan jihoz va materiallar oldindan tayyorlab qо‘yiladi (kompas, lupa, belkurak,
boltacha, metr, ip, etiketkalar, gerbariy uchun papkalar, bankachalar).
О‘qituvchi
taxminiy ekskursiya
о‘tkazish va о‘rganiladigan о‘quv materialining mazmunini
aniqlash asosida haqiqiy ekskursiya rejasini tuzadi. Reja ekskursiyaning borish
izchilligi va
о‘qituvchi bilan о‘quvchilarning ish metodlari (tushuntirish, suhbat va
mustaqil amaliy ishlar: kuzatish obektni topib olish, materialni yig‘ish, kabilar).
О‘tkaziladigan ekskursiya haqida о‘quvchilar bir necha kun oldin
ogohlantiriladi. Bunda ekskursiya joyi, qachon j
о‘nalishi va qancha vaqt davom
etishi
о‘quvchilarga aytiladi. О‘qituvchi ekskursiyadan oldingi darsda
о‘quvchilarga darslik va boshqa manbalardan ekskursiya mavzusiga oid nimalarni
о‘qib takrorlash kerakligini vazifa qilib beradi.
Qishloq
xо‘jaligi, ishlab chiqarish, muzey va milliy tadqiqot muassasi kabi
joylarda
о‘tkaziladigan ekskursiyalar alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Bunda
avvalo ekskursiya va uning vaqti
tо‘g‘risida xо‘jalik yoki muassasa boshliqlari
bilan kelishib olish kerak
bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: