Ekskursiyani
о‘tkazish usuli.
Biologiyadan ekskursiya
о‘tkazishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
Ekskursiya
о‘qituvchini kirish suhbati bilan boshlanadi.
Bunda ekskursiya
mavzusi, maqsadi va
о‘tkazish tartibi tushuntiriladi. Keyin о‘quvchilar guruhlarga
b
о‘linib, ularning har biriga mustaqil ish tо‘g‘risida tegishli topshiriq beriladi.
Ekskursiya
jihozlari
о‘quvchilarga
javobgarligi
tayinlangan
holda
taqsimlanadi.Maktabda ekskursiya joyiga borish har xil b
о‘lishi mumkin.
Transport harakati k
о‘p bо‘lgan shaharlar va qishloq kо‘chalaridan о‘quvchilar
tashkiliy ravishda borishlari ma’qul. Dala k
о‘chalari va sо‘qmoq
yerlardan erkin
holda yurishga ruhsat beriladi. Ekskursiyaning asosiy qismi ekskursiya joyidagi
obektlarni
о‘rganishdir. Bunda avvalo ekskursiya joyining xarakteri (bog‘, park,
dala,
о‘tloq, suv havzasi, qir va xokazo) aniqlanadi.
О‘quvchilar
e’tibori
tabiatning jumladan
о‘simlik va xayvonlarning mavsumiy xolati va har joyning
о‘ziga xos gо‘zalligiga estetik tomonlarga qaratiladi.
Ekskursiya joyidagi obektlar 2 xil usul: Illyustratsiya
va mustaqil ishlar
tashkil qilish usuli bilan
о‘rganiladi. Illyustratsiya usuli – о‘qituvchining
ekskursiya joyidagi obektlarni frontal ravishda k
о‘rsatish tushuntirib berishni
nazarda tutadi.
Bunda
о‘qituvchi о‘simlik va hayvonlarni, ularning ayrim
qismlarini, hayot xodisalarini izchillik bilan birma-bir k
о‘rsatib, о‘quv materialini
tushuntiradi, ayrim masalalar esa suhbat y
о‘li bilan hal qilinadi.
Ekskursiya joyini mustaqil ishlar uyushtirish usuli – bilan
о‘rganadilar
о‘quvchilar mо‘ljallangan о‘simlik yoki hayvonni mustaqil о‘rganiladilar, material
yig‘adilar.
Bu ishlar yuzasidan
о‘quvchilar tegishli topshiriq olgan bо‘lishlari
kerak. Topshiriq aniq, qisqa va
о‘quvchilar uddalay oladigan bо‘lishi kerak. Bu
topshiriqlar quyidagicha b
о‘lishi mumkin:
1.Ekskursiya davomida
о‘quvchilarning maxsus daftar yuritishlari zarur. Ular
daftarga
о‘zlari olib borgan kuzatish natijalarini о‘rganilgan va yig‘ilgan о‘simlik
yoki xayvonning nomlari, xarakterli
belgilari va xususiyatlari, qanday sharoitda
uchragani, hamda boshqa tafsilotlarni yozib boradilar.
141
2.Ekskursiya obektlarini
о‘rganish oxirida mashg‘ulotga dastlabki yakun
yasaladi,
bunda
о‘rganilgan о‘quv materiali qisqacha takrorlanadi, mustaqil ish
bо‘yicha topshiriqlarning qanday bajarilganligi tо‘g‘risida zveno (gruppa)
boshliqlarining axborotlari tinglanadi,
о‘kuvchilar faoliyatidagi
ijobiy va salbiy
tomonlar qayd qilinadi.
3.Ekskursiya davomida yoki unga yakun yasalayotganda
о‘quvchilar
mavzuga bevosita aloqador
bо‘lmagan xilma-xil savollar berishlari mumkin.
Bunday xollarda qanday
yо‘l tutish kerak? Agar har qanday savollarga tо‘liq javob
beriladigan
bо‘lsa, asosiy mavzudan chekinishga tо‘g‘ri keladi. Javob qisqa va
aniq
bо‘lsin.
4.Ekskursiyadan qaytish
unga borish tartibida
bо‘ladi; ekskursiyaning
yakunlanishi ham albatta tashkiliy ravishda
bо‘lmog‘i lozim. О‘qituvchi
ekskursiyaning tamom
bо‘lganligi tо‘g‘risida e’lon qiladi.
Eng yaxshisi,
ekskursiyani maktabga qaytib kelgandan keyin tugallangani ma’qul.
5.Ekskursiyadan yig‘ib kelingan materiallar ularni kelgusida
о‘rganish uchun
tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: