O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

217 
Pedagogika malaka
– muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega 
bo’lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi. 
Pedagogik mahorat
– pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, 
harakatga keltira olish (A.S.Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori 
samaradorligini ta’minlovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi. 
Pedagogik texnologiya
– “ishlab chiqarish” natijasi “mahsuloti” – ma’lum 
malakaga ega bo’lgan mutaxasis tayyorlash uchun ilmiy asoslangan didaktik 
jarayonni amalga oshirish, ya’ni o’qitish jarayonini qo’yilgan maqsadga ko’ra 
izchil ketma- ketlikka turli vosita, metodlarni qo’llash orqali samarali ta’lim 
natijasiga erishishning ishonchliligini ta’minlovchi, kafolatlovchi pedagogik 
faoliyat.
 Pedagogik faoliyat
– ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy 
faoliyatning alohida turi.
Ratsionalizatsiya
– metodlarni yoki biror ish-harakatni takomillashtirish. 
Ta’lim dasturi
– o’quv fanlarining bakalavriat yo’nalishlari yoki magistratura 
mutaxassisliklariga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va 
yetarli darajada tayyorgarligini ta’minlovchi bloklarga jamlangan ro’yxati. 
Ta’lim maqsadi
– ta’lim berishdan ko’zlangan muddao. 
Ta’lim mazmuni
– o’qitish jarayonida egallash lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, 
malakalar ma’nosi, hajmi va xarakteri. 
Ta’lim sifatini nazorat qilish
– o’qtish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim 
standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish. 
Faoliyat 
– 1) ongli maqsadga ko’ra boshqariladigan kishining ichki ruhiy, tashqi 
jismoniy faolligi; 2) atrof – muhitni kishilar tomonidan maqsadga muvofiq qayta 
bunyod etish. 
Konseptual jadval, xarita asosida fanni o’rganish metodi – 
o’quv 
materialllarida ko’rgazmalilik orqali fikr yuritish, qiyoslash, taqqoslash, tahlil 
qilish, baho berishga o’rgatadigan metod. 
Kuzatish –
biror (pedagogik va boshqa) hodisa, jarayon bo’yicha aniq faktlar, 
dalillar, axborot olish maqsadini ko’zlagan idrok etishning shakli. 



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin