O’zbekiston Respublikasi Xalq


“Tabiiyotshunoslikning umumiy metodika asoslari”



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

“Tabiiyotshunoslikning umumiy metodika asoslari”
kitobini nashr qilib, unda 
metodikaga oid bilimlar sistemasini yoritdi. Polovstov darslikga kiritilgan о‘quv 
material mazmuni birinchidan shakl bilan funksiyaning birligiga, ikkinchidan 
о‘simlik va hayvonlar hayoti ularning yashayotgan muhiti bilan bog‘liq holda 
о‘rganishiga, uchinchidan boy biologik ma’lumot beradigan organizmlarni 
о‘rganishga asoslanishi kerakligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda olim amaliy 
mashg‘ulotlar, ekskursiyalar nixoyatda muhim axamiyatga ega ekanligini kо‘rsatib 
о‘tadi. V.V.Polovstov birinchi marotaba fan bilan о‘quv fani orasidagi о‘xshashlik 
va tafovutni ochib beradi va bu sohada tadqiqot ishlar olib borish lozimligini 
ta’kidlqaydi. Tabiiyotshunoslik metodikasi tarixida V.V.Polovstov ekologik 
bilimlarni targ‘ib qilgan olim sifatida yuqori baholanadi.
1917 yildan boshlab tabiiyotshunoslik fani biologiya fani deb atala 
boshlandi. Bu davrda Moskva va Peterburg metodistlari biologiya о‘qitish 
saviyasini oshirish, uning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berishga xarakat 
qildilar. 1920-1930 yillar mobaynida biologiya о‘qitishning asosiy muammosi 
bо‘lib nazariya va amaliyotning birligini joriy etish hisoblanadi. Buni amalga 
oshirish uchun bilimlar va kо‘nikmalar ya’ni о‘quv materiali о‘quv fanlarga 
taqsimlanmay, balki yil fasllarini e’tiborga olib dolzarb mavzularga, masalan 


14 
«Tabiat», «qishloq bilan shaharning bog‘liqligi», «Yerdagi hayot va hayotiy 
jarayonlarning fizik-ximik asoslari», «Ekish va о‘simliklarni parvarishlash»
kabi mavzularga taqsimlangan edi. Bunday kompleks dasturlar tabiiy ravishda 
о‘quvchilarga sistemali bilim bera olmas edi, shunga kо‘ra о‘quv materialini 
laboratoriya metodi asosida о‘rganish targ‘ib qilina boshlandi. Natijada о‘quvchilar 
sinf darslari о‘rniga tabiatni kuzatish, tajriba о‘tkazish bilan shug‘ullana 
boshladilar. Laboratoriya metodi о‘quv dasturining asosiy maqsadi mehnat, tabiat 
va jamiyat kompleksni о‘rganishdan iborat bо‘lgan. Bu kompleks о‘quv dasturlari 
maktablarda о‘qiladigan о‘quv fanlari orasidagi tо‘siqni bartaraf qilishga 
qaratilgan edi. Lekin bunday kompleks о‘quv dasturlari о‘quvchilarga sistemali 
bilimlar bera olmasligi tezda ma’lum bо‘lib oldi. Shuning uchun 1931 yildan 
boshlab xukumat qarori bilan boshlang‘ich va о‘rta maktab isloh qilindi va ta’lim 
berishning asosiy tashkiliy shakli dars bо‘lishi lozimligi uqtirildi. Shu paytdan 
boshlab maktablarda botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, 
darvinizm о‘quv fanlari maktab rejasiga kiritildi va ana shu о‘quv fanlar bо‘yicha 
о‘quv dasturlari va darsliklari yaratildi, hamda maktab hayotiga joriy etildi. 
Biroq 1964 yilga qadar maktab darsliklaridagi bilimlar biologiya fanining 
1930-40 yillaridagi rivojlanish xolatini yoritib keldi. Vaholanki didaktikaning 
ilmiylik prinsipiga kо‘ra maktab о‘quv fanlari о‘z mazmuniga kо‘ra fanning 
keyingi yutuqlarini о‘zida ifoda qilishi lozim edi. Rossiya va О‘zbekistonda 
chiqarilgan biologiya darsliklarining biologiya fani yutuqlaridan orada olganligiga 
asosiy sabab shuki 1935-65 yillar mobaynida biologiya fanida qattiy g‘oyaviy 
kurash davom etdi. Akademik T.D.Lisenko boshliq bir guruh olimlar chet 
mamlakatlarda qо‘lga kiritilgan fan yutuqlarini tan olmadilar va ularni burjua 
olimlarining kashfiyotlari, ular g‘oyaviy jihatdan bizning dunyoqarashlarimizga 
zid degan bahona bilan biologiya fanining sо‘nggi yutuqlarini darslik saxifalaridan 
о‘rin olishiga tо‘sinlik qildilar. Faqat 1964 yil oktabr oyida akademik Lisenko 
shaxsiyaga sig‘inish barbod bо‘lganidan keyin maktabdagi barcha biologik dastur 
va botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, umumiy biologiya 
darsliklari mazmuniga genetika, ekologiya, stitologiya, bioximiya, molekulyar 


15 
biologiya va shu kabi fanlarning sо‘nggi yutuqlari kiritildi. Yangi darslik bilan 
birga ularning о‘qitish metodikasiga oid qо‘llanmalar ham nashr qilindi. 
Bular qatoriga prof. P.I.Borovistkiy tahriri ostida chiqqan “Biologiya 
о‘qitish metodikasi” M.1962, prof.B.V.Vsesvyatskiyning Biologiyaning umumiy 
о‘qitish metodikasi” M.1960, N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalarning 
“Biologiya о‘qitishning umumiy metodikasi” M.1983, prof. I.N.Ponamaryova 
taxriri ostida nashr qilingan “Biologiya о‘qitishning umumiy metodikasi” M.2003 
kabilarni kiritish mumkin.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin