10
to‘plash tartibi emas, balki tushunchalarni umumlashtirish, aniqlashtirish, ilmiy
faktlarni, fikr – mulohazalarni tartibga solishdan tarkib topadi.
O‘quv fani o‘zining asosiy bilim va ma’lumot berish funksiyasidan kelib
chiqqan holda ma’lum tartib asosida tuzilgan. Oliy maktab biologiya o‘qitish
metodikasi darsligi o‘z tuzilishi va mazmuniga ko‘ra fanga yaqinroq. U o‘z
tarkibiga ilmiy ma’lumotlardan tashqari fandagi ayrim munozarali masalalarni
yechishga qaratilgan turlicha qarashlarni, xayotni topishda muvafaqiyatli yo
muvafaqiyatsiz izlanishlarni ham o‘zida ifoda qiladi. Shu bilan bir qatorda ilmiy
izlanishlar metodologiyasini, usullarini ham yaratadi. Biologiya o‘qitish
metodikasi o‘quv fani talabalarni nazariy va amaliy jihatidan tayyorlash jarayonida
faqat maktab biologiya kursining tuzqilishini bayon yetish cheklanmay, umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus kasb – hunar muassasalarida biologiya bo‘yicha o‘qitishning
tashkil yetishni o‘ziga xos tomonlari bilan ham tanishtiradi, biologiya o‘qitish
usullari, vositalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma malakalarni shakllantirishga
hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan minimal bilimlar o’quv
qo’llanmasini talablar tomonidan o‘zlashtirishga imkon beradi. Shu bilan
birgalikda zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalarni qo‘llash, biologiya
o‘qitishda innovatsion yondashish ko‘nikmalarni hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: