O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi huzuridagi yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə4/15
tarix21.07.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#62853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
G\'afurov A BMI 2

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Qamashi tumani xalq ta’limi tizimi faoliyati misolida hududiy xalq ta’limi organlarida zamonaviy menejment mexanizmlarini takomillashtirish masalasini yoritish va bu sohadagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- maktab boshqaruvini ichki va tashqi o‘zgarishlarga moslashtirish;
- rahbarlik uslublaridan korporativ foydalanish;
- ta’lim menejmentining tamoyillarini o‘zlashtirish va qo‘llash orqali ta’lim tizimida samaradorlikni oshirish yo‘llarini o‘rganish;
- boshqaruvning maktab faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltirish asosida belgilashdan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. Qamashi tumani 61-maktab ta’limi boshqaruviga zamonaviy menejment usullarini joriy etish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Qamashi tumani 61-maktab ta’limi tizimi boshqaruv faoliyatining zamonaviy menejment usullari va vositalari.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida ilgari surilgan xulosa, taklif va tavsiyalardan, ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy qoidalardan xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etishda, maktab boshqaruv faoliyatini takomillashtirishda foydalanish bilan izohlanadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi doirasida muallif tomonidan ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy qoidalardan maktab ta’lim samaradorligini oshirishda foydalanish mumkin.
Tadqiqot usullari. Bitiruv malakaviy ishida huquqiy, pedagogik, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, tizimli yondashuv, statistik kuzatish, taqqoslash, statistik so‘rovnoma o‘tkazish usullaridan foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishida qiyoslash, tizimli tahlil, guruhlash, kuzatuv, so‘rovnoma kabi usullardan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish kirish qismi, ikkita bob, to‘rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 38 betni tashkil etadi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin