I BOB. XALQ TA’LIMI TIZIMIDA ZAMONAVIY BOSHQARUVNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
Xalq ta’limi tizimida zamonaviy boshqaruvning nazariy-metodologik asoslari
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki yillardan boshlab ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga kirishdi. 1997 yil 29 avgustda “Ta’lim to‘g‘risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bu dastur bir necha o‘n yillar davomida uzluksiz ta’lim tizimidagi islohotlarga asos bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, global axborot asrida ta’lim tizimini uzluksiz takomillashtirib borish dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Shu sababli, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish yo‘lida qator ishlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimining sifat darajasini oshirish ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanqidiy tahlil qilish hamda yangilash bilan bir qatorda, ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini ham takomillashtirishni taqozo etadi. Chunki, hozirgi kunda ta’lim muassasalarida yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalana oladigan, o’z ishiga nisbatan talabchan, ta’lim muassasasi, oila va mahalla hamkorligini yo’lga qo’ya oladigan, chuqur bilimli hamda o’zini-o’zi rivojlantiruvchi rahbar va pedagog kadrlarning faoliyat ko’rsatishini talab qilmoqda.
Bitiruv malakaviy ish natijalariga ko’ra, boshqaruv nazariyasi rivojlanish jarayonining ilk davrlarida mehnat unumdorligini oshirishda olim va tadqiqotchilar insoniy munosabatlar va shaxs omillariga emas, balki ishlab chiqarish jarayonini maqbullashtirishga asosiy e’tiborlarini qaratgan bo’lsalar, ta’lim tizimi boshqaruvida ilmiy yondashuvlarga asoslangan ilmiy qarashlar XX asrning 30 yillarida yanada rivojlanib, asosan AQShda keng tarqalgan.
Ta’limni boshqarishning ma’muriy usullari aynan ushbu davr oxiriga kelib, yangi yo’nalish va tub burilish yasagan hamda insoniy munosabatlar tamoyillariga asoslangan boshqaruv nazariyasi rivojlanib borgan. Mazkur nazariya asoschilaridan biri E.Meyo va uning g’oyasini qo’llab-quvvatlovchi J.Xomans, M.Follet, A.Maslou, F.Rotlisber-Gerlarning “Xotorn tajribasi” natijasiga ko’ra, mehnat unumdorligiga jismoniy omillardan ko’ra ijtimoiy-psixologik omillar ko’proq ta’sir qilishi isbotlangan3.
Tahlillarga ko’ra, ta’limni boshqarish nazariyasi xorijiy davlatlar, xususan, G’arbiy Yevropa mamlakatlari, AQSh va Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada jadallik bilan rivojlanib bordi. “Uzoq yillik rivojlanish davrida hamda bir necha bosqichli o’zgarishga uchrashishi natijasida boshqaruvning umumiy nazariyasi sohasida alohida o’rin egallagan ilmiy yo’nalishga aylanib ulgurgan”4.
Hozirgi kunda jahon ilmiy hamjamiyati tomonidan ta’lim tizimlari boshqaruvini amalga oshirishda bir nechta nazariy modellar ishlab chiqilgan
Dostları ilə paylaş: |