O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi huzuridagi yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti


Xalq ta’limi tizimida zamonaviy boshqaruvning joriy etishning ilg‘or xorijiy tajribalari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə7/15
tarix21.07.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#62853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
G\'afurov A BMI 2




1.2. Xalq ta’limi tizimida zamonaviy boshqaruvning joriy etishning ilg‘or xorijiy tajribalari
Bitiruv malakaviy ishining bu qismida Yaponiya, Germaniya, Fransiya, AQSH kabi ilg'or xorijiy ta'lim tizimi boshqaruvi, tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta'lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek ta'lim tizimidagi yutuqlari, ta'lim standartlari monitoring qilingan. O'zbekistonning ayni damdagi yutuqlari e’tirof etilgan.
Vatanimiz ta'limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi va kechirmoqda. Ulardan ko’zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish uning, insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o’quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir. Yangilangan ta’lim to’la ma’noda yangicha tafakkur, sog’lom fikr demakdir. Hozirgi davrda ta’limning qadr-qimmati, obro‘ va nufuziga teng darajada uning ijrochilarida tashabbuskorlik, fidoyilik va ishbilarmonlik ham bo’lmogi zarur.
Ta’limdagi muvaffaqiyat, aksariyat dadil harakat qiluvchilar tarafida bo’ladi. Dadil harakat, shijoat tufaylidir. Shijoatni esa insonga, o’zbek milliy pedagogikasining mumtoz namoyondasi Abdulla Avloniy takidlaganlaridek maktab ilm-ma’rifat baxsh eta oladi.
Qadimdan bizda bilim olish qadrlangan. Bilimdon kishilar esa el-yurt ardog’ida bo’lganlar. Shuning uchun ham bilim olish va olingan bilimni mamlakatimiz rivoji yo’lida xizmat qildirish oliy insoniylik burchimizdir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalarini o’rganishdir.
Xalqaro tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o’rganish orqali ta’lim tarbiyada qotib qolgan, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo’lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ega bo’lamiz. Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarda islohotlar sur’atiga mos zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edi.
Shu maqsadda butun ta’lim tizimi takomillashtirilmoqda. Maktabgacha ta’lim rivojlantirilayotganini maktab saboqlariga puxta zamin bo’lmoqda. Umumiy o’rta ta’lim sifati ilg’or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida yuksaltirilmoqda.
Prezident maktablari, buyuk allomalarimiz nomi bilan ataladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi zamonaviy va innovatsion ta’lim maskanlari tashkil etildi. Ularda xalqaro tajribalar yo’lga qo’yilganligi kelajakda yetuk kadrlar yetishib chiqishidan dalolat beradi. 2019-yil 26-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, “Zamonaviy maktablarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida“gi qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2021-yilgacha maktablarning kamida 3 foizi, 2025-yilgacha 20 foizi 2030-yilga qadar esa 50 foizini “zamonaviy maktab”larga aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi.
Prezidentimiz shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida maktab o’quv dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o’quv yuklamalari va fanlarni qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligini takidladi. Maktablarning moddiy-texnik baza ta’minotini yaxshilash, o’quv-tarbiya jarayonida xalqaro zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash bo’yicha vazifalarini belgilab berdi.
Yurtimizda matematika, kimyo, fizika, va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg’ulotlarga ajratilgan. Rivojlangan davlatlarda bu ko'rsatkich 30-50 foizni tashkil etadi.
Shu bois Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikat-siyalarini rivojlantirish vazirligiga o’quv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda amaliy mashg’ulotlar ko’lamini oshirish vazifasi qo’yildi.
Bugungi kunda har qaysi xalq davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojida berayotgan e’tibori bu yo’ldagi say-harakatlari bilan o’lchanadi. Bugungi kunda ta’lim tizimiga bo’lgan e’tibor rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganishni taqozo etmoqda. Buning isboti sifatida xorijiy mamlakatlatlar ta’lim tizimini tahlil qilib o’tamiz.
Yaponiya ta’limida iqtidorli o'quvchi tushunchasi yo'q. Chunki har bir o'quvchi alohida iqtidor sohibidir.
Ilg’or mamlakatlar ichida Yaponiya ta’limi o’ziga xos yo’nalishi bilan yetakchi o’rinni egallaydi. Jumladan, Yaponiya ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha: maktabgacha ta’lim, boshlang’ich maktab, kichik o’rta maktab, yuqori o’rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi oliy o’quv yurtlari.
Boshlang’ich maktabda o’qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni o’z xulqining yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga o’rgatishadi. Bundan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga tasir etadi.
Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida o’qituvchining maoshi davlat rahbarlarining orasidan ham yuqori bo’lgan yagona davlat. Yapon maktablarida maosh tajribaga qarab belgilanadi. Dastlab ish boshlaganda o‘qituvchi taxminan 2,5ming dollar oylik olishi mumkin. Tajribaga qarab o‘qituvchining oyligi oshib boradi. Maktab direktorlari 4-5 ming dollargacha maosh oladi.7
Shuningdek, o‘qituvchi ishlayotgan maktabning shahardan chetda, shahar markazida, olisroq hududda ekaniga qarab ham oyliklar farqlanadi.
Majburiy ta’lim muhiti. Ta’limning bu pog’onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy yordam ko’rsatiladi.
Yuqori o’rta maktab 10-11-12-sinflarni o’z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo’limlari mavjud.
Yuqori bosqich o’rta maktablarda butun o’quv jarayonida o’quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O’quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o’z xohishlariga ko’ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladi.
Universitetlariga yuqori va o’rta maktabning yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan o’quvchilari qabul qilinadi. Universitetlarga qabul qilinish 2 bosqichga bo’linadi: 1-bosqich turar joyda o’tkaziladi, buning uchun yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tkaziladi.
Yaponiyada oliy ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy bog’liqdir.
Yaponiyada bolalar tarbiyasida onalarning roli va mas’uliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining aqlli, dono va mehnatsevar bo’lib o’sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o’zlarini ma’sul deb hisoblaydi. Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko’plab metodik qo’llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko’plab pedagogik maslahatlar berib boriladi.
Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U mukammal, yon tomonidan muhofazalangan qurilma bo’lib, parta ustida kitob javoni, yoritkich, soat, qalam, qog’oz, mikrokalkulyator va boshqa zaruriy ashyolar, shuningdek kerak bo’lib qolgan taqdirda ota-onalarini chaqiradigan signal tugmachalarigacha o’rnatilgan.
Yaponiya o’rta maktablarining saviyasi AQSH o’rta maktablari saviyasidan bir muncha yuqori turadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki Yaponiyada ta’lim tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg’unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o’rgansa arziydigan jihatlari ko’p. E’tiborli yana bir tomoni – Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan cheklanib qolmay jahondagi AQSH, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg’or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o’zlashtirilgan.
Bunday tajribalar Respublikamiz ta’lim tizimini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishda qo’l kelishi shubhasiz.
Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim tizimi: Amerikada o’rta ta’lim 12 yil bo’lib boshlang’ich o’rta va quyi maktablarga bo’linadi. Aksariyat qismi davlat maktablaridan iborat va ularda o’quvchilarning 88 foizi o’qiydi.
Ta’lim muassasalarini davlat va shahar buyudjetlari moliyalashtiradi, Qo‘shma shtatlarda yalpi ichki mahsulotning 7.5 foizi har yili ta’limga sarflanadi. 12 foiz o’quvchilar xususiy maktablarga boradi, ularning moddiy resurslari ota-onalar, turli mablag’lar va xayriya mablag’lari hisobidan shakllantiriladi.
Mamalakatlarda ta’lim maskanlari raqamlarga ega emas, ammo ular hududlar bo‘yicha yoki mashhur kishilar nomi bilan ataladi.
Odatda har bir sinf xonasi televizor va kompyuterga ega. Kompyuter sinflari yuqori tezlikdagi internetga ulangan. Amerikada nusxa ko’chirish uskunalari juda ko’p joylashtirilgan. Chunki o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga deyarli barcha vazifalar bosma shaklda beriladi. Boshlang’ich maktabda har yili sinf o‘qituvchisi o’zgaradi. Boshlang’ich sinflarda matematik bilimlarning hajmi Rossiya va Angliya maktablari darajasiga nisbatan biroz yengilroq. Ko’paytirish jadvali 3-sinfdan boshlanadi.
Amerika maktablaridagi o’ziga xos usullaridan biri har bir o’quvchining “Hisobot kartasi” yuritishidir. Unda o’quvchi 10 xil xatti-harakati bo’yicha baholanadi. Ota-onalar ushbu karta bilan tanishib borar ekan, farzandlariga oqsayotgan tomonlarini aniqlab, uni tuzatishga harakat qilishadi.
Amerika pedagoglari haftasiga bir marta 1-3-sinf o’quvchilari uchun “Sevimli o‘yinchoq” metodini qo’llashadi. Bu metodda bolalar o‘yinchog‘ini ta’riflaydi. Mazkur metodni qo’llashdan maqsad bolani uyatchanlikdan xalos bo’lishga, sinfdoshlari orasida erkin gapirishga o’rgatishdir. Amerikada ta’limni haddan ziyod demokratlashuvi talabalar bilimining puxtaligini tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug’diradi. Shu sababli boy moddiy baza va tajribaga ega bo’lgan davlatda butunlay savodsiz bo’lgan bolalar ham topiladi.
AQSHda ta’lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy qo’llanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Germaniya ta’lim tizimi: Germaniya jahon ma’rifat va madaniyat o’choqlaridan biri. Ushbu davlatda har bir fuqaro o’z shaxsini erkin rivojlantirish, o’z iqtidori moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o’qish joyi va kasb tanlash huquqiga ega.
Maktab ta’lim tizimi boshlang’ich va o’rta ta’lim muassalaridan iborat. Barcha davlat maktablarida o’qish bepul.
Germaniyada maktab ta’limi quyidagi maktab tiplariga bo’linadi: boshlang’ich maktab; yo’nalish maktablari; asosiy maktab; real maktab; gimnaziya; umumiy maktab; maxsus maktab.
Boshlang’ich maktab ta’lim tizimining poydevori hisoblanadi. Boshlang’ich maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish maktabga o’tishadi. Asosiy yoki to’liq xalq maktabi boshlang’ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan barcha o’quvchilar uchun majburiydir. Asosiy maktab o’qituvchilari o’zlarini o'qituvchi emas, ijtimoiy pedagog, deb his qiladi. Lekin asosiy maktabdagi o’quvchilar yomon o’zlashtirishiga qaramasdan kasbiy ta’lim olishiga majbur bo’lishadi. Real maktablar ikkinchi bosqichga qarashli bo’lib, odatda 5-10-sinflarni o’z ichiga oladi. Real maktab yuqori darajali kengaytirilgan umumiy ta’lim beradi va o’quvchilarni mustaqil fikrlash, mas’uliyat hissi, insonlarga rahbarlik qilish ko’nikmalariga yuqori talab qo’yadigan kasb egalari bo’lishi uchun kasbiy ta’lim kurslariga tayyorlaydi.
Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga juda murakkab tizimga ega. Germaniya davlatida taraqqiy etgan davlatlar orasidan o’rin olishda o’zini oqlab kelayotgan ta’lim tizimi mavjud.
Fransiya ta’lim tiizimi: Fransiyada ta’lim sifati ta’lim, sport va tadqiqotlar bo’yicha bosh inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu bosh inspeksiya 4 ta vazirlik uchun faoliyat ko’rsatadi. Bosh inspeksiya 4 ta vazifani bajaradi:
1. Qo’llab-quvvatlash – ta’lim, fan, sport, madaniyat boshqaruv idoralarini oliy ta’lim rektoratlarini.
2. Ekspertiza qilish – vazirliklar, idoralar, shartnomalar, rahbarlar faoliyati, xizmatlar, tuzilmalar va boshqalar.
3. Baholash – tashkilotlar, muassasalar, tuzilmalar, ijtimoiy siyosiy ahvol, kadrlar.
4. Nazorat qilish – tashkilotlar, muassasalar, xizmatlar va kadrlar.
Bosh inspeksiyada to’planadigan tajribalarning xilma-xilligi, bolalar bog’chasidan doktoranturaga qadar davlat siyosatini muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu esa ta’lim, fan va yoshlarni rivojlantirishga, o’quvchilarni sport, jamiyat hayoti va jamoat o’qishiga jalb etishga ta’sir qiladi.
Fransiya ta’lim tizimiga ko’ra bola 6-7 yoshida tayyorlov sinfga boradi, keyin shu maktabda 4 yil boshlang’ich sinfda o’qiydi. Bu boshlang’ich sinflar odatda alohida boshlang’ich maktab sifatida faoliyat ko’rsatadi hamda ularning inspeksiyasi ham, alohida bo’ladi.
Keyingi bosqich o’rta ta’lim kollej deb ataladi. U yerda bola 4 yil o’qiydi va yakunida to’liqsiz maktab bitiruvchisi deb hujjat beradi.
Keyingi 3 yil davomida turli yo’nalishdagi litseylarda o’qiydi hamda yakunida bakalavr imtihonini topshirib uning natijasiga qarab OTM larga qabul qilinadi.
O’qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi. Yaxshi ishlamaydigan o’qituvchilarni direktor tavsiyasiga muvofiq ta’lim inspeksiyasi tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi, o’qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-onalar o’rtasidagi obro’si diqqat bilan o’rganiladi va tegishli chora ko’riladi.
Maktab o’qituvchilariga qo’yilgan talab Fransiyada o’ta yuqori. Ayniqsa boshlang’ich maktablarda o’qituvchi o’z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq egasi bo’lmog’i lozim. Fransiya ta’lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalari ko’zda tutilmagan. Biroq maktablarda, litseylarda turli to’garaklar mavjud.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish ta’lim inspeksiyasi tashkil qilinganiga endigina 2 yildan oshdi. O'tgan davr mobaynida inspeksiyaga yuklatilgan vazifalar bajarish bo’yicha ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish va ularni yurtimiz ta’lim sifatini baholash ishlarini joriy etish bo’yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda. Biz ayni damdagi vazifamiz chet el pedagogikasidagi ilg’or jihatlarini o’zashtirib, yangi-yangi o’quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahondagi eng ilg’or ta’lim menejmentiga aylantirish.
Ayni damda AQSH pedagogikasidagi:
1. Bolani o’z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhiyatida tarbiyalash;
2. O’quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchun kurash;
3. Bolani kamsitmaslik, insoniylik qadriyatlarini va g’ururini yerga urmaslik;
4. O’quvchini ilk davridanoq kasbga yo’naltirish;
5. Vataniga faxr va iftixor ruhi bilan tarbiyalash;
Yaponiya ta’limidagi:
1. Bolani maktabga puxta tayyorlash;
2. Kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar mas’uliyatini kuchaytirish;
3. O’quvchilarni nafosat jismoniy kamolotiga berilayotgan e’tibor;
4. O’qituvchi kadrlariga yuksak talabchanlik;
5. Yosh talantlar bilan olib borilayotgan izchil ishlar.
alohida boshlang’ich maktab sifatida faoliyat ko’rsatadi hamda ularning inspeksiyasi ham, alohida bo’ladi.
Keyingi bosqich o’rta ta’lim kollej deb ataladi. U yerda bola 4 yil o’qiydi va yakunida to’liqsiz maktab bitiruvchisi deb hujjat beradi.
Keyingi 3 yil davomida turli yo’nalishdagi litseylarda o’qiydi hamda yakunida bakalavr imtihonini topshirib uning natijasiga qarab OTM larga qabul qilinadi.
O’qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi.Yaxshi ishlamaydigan o’qituvchilarni direktor tavsiyasiga muvofiq ta’lim inspeksiyasi tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi, o’qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-onalar o’rtasidagi obro’si diqqat bilan o’rganiladi va tegishli chora ko’riladi.
Maktab o’qituvchilariga qo’yilgan talab Fransiyada o’ta yuqori. Ayniqsa boshlang’ich maktablarda o’qituvchi o’z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq egasi bo’lmog’i lozim. Fransiya ta’lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalari ko’zda tutilmagan. Biroq maktablarda, litseylarda turli to’garaklar mavjud.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi talim sifatini nazorat qilish ta’lim inspeksiyasi tashkil qilinganiga endigina 2 yildan oshdi. O'tgan davr mobaynida inspeksiyaga yuklatilgan vazifalar bajarish bo’yicha ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish va ularni yurtimiz talim sifatini baholash ishlarini joriy etish bo’yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda. Biz ayni damda chet el pedagogikasidagi ilg’or jihatlarini o’zashtirish, yangi- yangi o’quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahondagi eng ilg’or pedagogikalarinig biriga aylantirish.
Ayni damda AQSH pedagogikasidagi:
1. Bolani o’z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhiyatida tarbiyalash.
2.O’quvchinig eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchun kurash
3. Bolani kamsitmaslik, insoniylik qadriyatlarini va g’ururini yerga urmaslik
4.O’quvchini ilk davridanoq kasbga yo’naltirish
5. Vataniga faxr va iftixor ruhi bilan tarbiyalash.
Yaponiya ta’limidagi:
1. Bolani maktabga puxta tayyorlash
2. Kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;
3.O’quvchilarni nafosat jismoniy kamolotiga berilayotgan etibor;
4. O’qituvchi kadrlariga yuksak talabchanlik;
5. Yosh talantlar bilan olib borilayotgan izchil ishlar.
Germaniya ta’limidagi:
1. Tabaqallashtirib o’qitishga kuchli e’tibor;
2. O’quvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash;
3. Kasbga yo’naltirish.
Fransiya ta’limidagi:
1. Maktabgacha tarbiyadanoq o’quvni predmetlashtirib tashkil etish;
2. Boshlang’ich ta’limni 3 bosqichda puxta amalga oshirish;
3. O’quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgan katta e’tibor.
4. O’quv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar, mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlari bizning ta’limga ham ko’chib bormoqda. Albatta, ta’limga har qanday yangilik, o’zgarish, jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi.
O’zbekiston 2023-yilda PISA va PIRLS xalqaro baholash tizimida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu sinovga barcha tayyorgarlik ko’rishi kerak. Ya’ni bu yilgi 3-sinf o’quvchilarimiz 2023-yilda 4-sinf bo’ladi. Bu o’quvchilarni mazkur jarayonga tayyorlash uchun xalqaro baholash tizimida ishtirok etib kelayotgan rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribalari bilan o’rtoqlashishga to’g’ri keladi.
Xalq ta’limi tizimi tub islohotlar jarayonini boshdan kechiryapti. Har qanday islohot muvaffaqiyati joylarda uni hayotga tatbiq etuvchi ijrochilar salohiyatiga bog‘liq. Shu maqsadda 2018-yil 5-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezi­dentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda maktab rahbari­ning yangi qiyofasini yaratish masalasi ham belgilab berildi.
Jumladan, “2018/2019-o‘quv yilidan boshlab Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida umum­ta’lim muassasalari rahbarlarining xalq ta’limi sohasida menejerlik ko‘nik­ma­larini shakllantirish kurslari tashkil etildi.
Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar Xalq ta’limi vazirligi idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazilishi ham belgilab qo‘yildi.
Yangicha yondashuv zaruriyati Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi.
— Xalq ta’limi tizimidagi rahbar kadrlar malakasini oshirishni takomillashtirish maqsadida 2018-yil oktabr oyida institutda xalq ta’limi sohasida menejerlik ko‘nikmalarini shakllantirish kurslari tashkil etildi. Bir oylik kursda ta’lim tizimi va maktab rahbarlariga “O‘zbekiston Respub­likasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati”, “Ta’lim menejmenti”, “Loyihalar menejmenti”, “Ta’limni boshqarishning me’yoriy-huquqiy asoslari”, “O‘quv jarayonini moder­nizatsiyalash, ta’lim sifatini ta’minlash tamoyillari va yondashuvlari”, “Zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar”, “Rahbar imiji va muloqot madaniyati (self menejment)”, “Boshqaruvda axborot texnolo­giyalari”, “Ta’lim samaradorligi va uni baholash”, “Boshqaruv psixologiyasi”, “Amaliy xorijiy til” kabi modullar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Mashg‘ulotlar mazmu­niga bugungi kun rahbarining mas’ulligini yanada oshirish, tanqidiy tahlil, izlanishlar olib borish va shunga muvofiq ta’lim muassasasi missiyasini anglash, mahoratli boshqaruvni joriy etish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, iqtisodiy va tadbirkorlikka oid bilim va malakaga ega bo‘lish kabi masalalar kiritilgan.
Menejerlik laboratoriyalari faoliyati ta’limning yanada samarali natija ko‘rsatishiga turtki beryapti. Institutda rahbar xodimlarning amaldagi o‘quv dasturlariga korporativ, natijaviy (result based management) va ta’lim sifatini umumiy boshqarish (TQM) tamoyillari mazmunini singdirish uchun jahonning 20 dan ortiq davlatlari, jumladan, Rossiya, Germaniya, AQSh, Angliya, Janubiy Koreya, Gruziya tajribalari o‘rganib chiqildi.
Hamkorlikda institut 2018-yili Germaniyaning Gyote instituti, Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreys o‘quv markazi, Rossiyaning A.S.Pushkin nomidagi davlat rus tili instituti, Janubiy Koreyaning Toshkent shahridagi INHA universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, 2018-yil 7—20-noyabr kunlari Germaniyaning Gyote instituti Toshkent filiali bilan hamkorlik doirasida o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi yetakchi mutaxassis, pedagogika va psixologiya fanlari doktori, professor Villi Rolf Xanish institut professor-o‘qituvchilari bilan seminar-trening o‘tkazdi. Tashrif davomida menejerlik kurslarining o‘quv reja va dasturlari tanqidiy ko‘rib chiqilib, Germaniya tajribasi asosida yangi dastur loyihasi ishlab chiqildi.
Toshkent shahridagi INHA universiteti bilan hamkorlik memo­randumiga asosan, institutda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv jarayonlarini tashkil etishning avtomatlashtirilgan dasturi ishlab chiqildi. Mazkur loyiha 2019-yil-aprel oyidan amalga tatbiq etiladi. Dastur menejerlik kurslarining sifati va tinglovchilar o‘zlashtirish darajasini baholabgina qolmay, xalq ta’limi rahbar va mutaxassis xodimlarining yagona ma’lumotlar bazasini ham tartibga soladi.
Aslida, “menejer” so‘zi “boshqaruvchi” degan ma’noni anglatishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu hayotiy zaruriyat ekan. Men ishlayotgan maktab tuman markazidan ancha olisda joylashgan. Mash­g‘ulotlarda chekka hududdagi ta’lim muassasasi faoliyatiga innovatsiyalar olib kirish, qo‘shimcha investitsiyalar jalb etish mening kundalik ishim ekanligini chuqurroq anglab yetdim. 2018-yil 1-oktabrdan maktab vasiylik kengashlari tugatilib, Kuzatuv kengashlari tashkil etildi. Maktab faoliyatini nazorat qilishning shaffoflashuvi direktor zimmasiga avtoritar rahbarlik qilish emas, kollegial boshqaruvchi bo‘lish vazifasini yuklaydi.

Bitiruv malakaviy ishida xalq ta’limi tizimini boshqarish mexanizmlari ham bir qancha o’zgarishlar yuz berganini, tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi o’zgarib borilganligini ko’rishimiz mumkin. Xalq ta’limi vazirligining boshqaruvi vertikal tuzilmaga asoslangan bo’lib, uning xususiyatlari quyidagicha belgilangan8:



  • boshqaruv iyerarxiyasi bir nechta pog’onadan iborat bo’lib, har bir quyi boshqaruv pog’onasi undan yuqori turuvchi pog’onaga bevosita ma’muriy bo’ysunishi, yuqori pog’ona organining qabul qilingan qarorlari quyi pog’onaga ijro uchun majburiy hisoblanishi;

  • har bir pog’onadagi boshqaruv organlari faqatgina o’zidan quyidagi pog’ona organlari va muassasalarni boshqarish huquqiga ega ekanligi;

  • ta’lim siyosati, uni rivojlantirishga qaratilgan strategik va konseptual qaror hamda tashabbuslar faqatgina eng oliy boshqaruv organ tomonidan belgilanishi hamda moliyalashtirish markazlashgan holda amalga oshirilishi;

  • kadrlar boshqaruvi hamda ularni tegishli lavozimlarga tayinlanishi yuqori organ tomonidan amalga oshirilishi va h.k.lar.

Xususan, Harakatlar strategiyasida ta’lim tizimini rivojlan-tirishga oid ishlab chiqilgan ustuvor yo’nalishlar negizida bajarildi. Masalan, “Metodik ishlarni muvofiqlashtirish va pedagogik texnologiyalar” bo’limi o’rniga “O’quv-tarbiya jarayoniga innovasiyalarni joriy etish” bo’limi tashkil etildi.
Shuningdek, Respublika Ta’lim markazining “Tabiiy va aniq fanlar bo’limi” hamda “Ta’lim muassasalarini jihozlash va foydalanish metodik ta’minoti” bo’limiga 1 tadan shtat birligi joriy etildi.
Bitiruv malakaviy ishining natijalariga ko’ra, xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish va uni boshqarishni muvofiqlashtirish bo’yicha yillar mobaynida turli yondashuvlardan foydalanib kelindi. Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish asosan davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Shuningdek, 2005 yildan boshlab, hozirga qadar xalqaro donorlarning “Ta’limda global hamkorlik tashkiloti” granti resurslari va kredit mablag’lari evaziga moliyalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, xorijiy investisiyalar, ta’lim grantlari hamda xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablag’lari ham ta’lim tizimini rivojlantirishga yo’naltirildi. Xalq ta’limi tizimiga har yili byudjet mablag’larining chorak qismi ajratib kelinadi (2.1-rasmga qaralsin).


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin