2.5-rasm. Ta’lim tizimini strategik rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazining namunaviy tuzilmasi14 Mazkur markaz tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimidagi muammolarning mutaxassis fikriga tayangan holda emas, balki ilmiy asoslangan yechimi topiladi; ta’lim sifatiga ta’sir etayotgan haqiqiy omillar aniqlanadi; ta’lim tizimining uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqiladi; yaqin 5-10 yillarda ta’lim tizimining rivojlanishi yoki shu davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar oldindan prognoz qilinadi; ta’lim tizimiga sarflanadigan byudjet mablag’lariga teng natijadorlik koeffisiyenti aniqlanishi ko’zda tutilgan.
Ilg’or xorijiy tajribalar ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarini boshqarish samarali axborot tizimlari orqali amalga oshirilganligini ko’rsatadi. Ta’lim boshqaruvining axborot tizimi (TBAT) ta’limni samarali boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish, ishonchli ma’lumotlarni jamlash, ularni tahlil qilish va barcha bo’g’inlar o’rtasida ma’lumotlar almashishning qulay usuli sifatida hizmat qiladi. TBATlarni joriy etish ta’lim tizimini nafaqat samarali tashkil etish va boshqarish, balki tizim ishtirokchilari hamda hamkorlar uchun quyidagi qulayliklarni yaratadi: ta’lim tizimi uning samaradorligi, kamchiligi va ehtiyojlari, muassasa va pedagogik hamjamiyat faoliyati haqidagi obyektiv, dolzarb, to’liq va ishonarli ma’lumotlar to’planadi; bu turdagi ma’lumotlarga tayangan holda ta’lim siyosatini belgilash va yuritish, uni boshqarishda, samaradorligini baholash va unga kerakli o’zgartirishlarni o’z vaqtida kiritishga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishida olingan barcha ma’lumotlar dastlab MS Exell dasturiga kiritiladi hamda STATA dasturi orqali tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida qamrab olingan 206 ta umumta’lim maktabi direktorlarining o’rtacha bilim darajasi 65,1 ballni tashkil etishi aniqlandi. Ushbu ko’rsatkich ularning bilimi va malakasini oshirish tahlillarimizga ko’ra, qoniqarli darajadagi umumta’lim maktablarini yaxshi va a’lo darajadagi maktablarga aylantirish uchun umumta’lim maktabi direktorlarini bilim salohiyatini yanada oshirish, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish, pedagogik jamoani to’liq oliy ma’lumotli o’qituvchilardan shakllantirish zarur15.
Bitiruv malakaviy ish jarayonida Xalq ta’limi vazirligi tizimida o’tkazilgan kuzatuvlar va xalqaro qiyosiy tahlillarga ko’ra, xalq ta’limi tizimi rahbar kadrlari (vazirlik, markazlar, viloyat xalq ta’lim boshqarmalari, tuman-shahar xalq ta’limi bo’limlari hamda umumta’lim maktablari)ni tayyorlash tizimini joriy etish hamda xalq ta’limi tizimi rahbar kadrlariga qo’yiladigan malaka tavsiflaridan voz kechib, ularning kasbiy standartlarini yaratish zarurligini ko’rsatdi.
Bitiruv malakaviy ish jarayonida ishlab chiqilgan asosan boshqaruv, kommunikativ, axborot kommunikasiya texnologiyalari va media savodxonlik, o’z-o’zini rivojlantirish, o’z ustida ishlash, mas’uliyat va moslashuvchanlik, inklyuziv ta’limni olib borish, moliyaviy-iqtisodiy (jami 7 ta) kompetensiyalardan iborat kasbiy standartlar A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish zarurligidan dalolat beradi.