II BOB. XALQ TA’LIMI TIZIMIDA ZAMONAVIY MENEJMENT USULLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI (QAMASHI TUMANI MISOLIDA) 2.1. Qamashi tumani 61-maktab ta’lim tizimida innovatsion boshqaruv usullarni qo‘llashning ahamiyati Xalk taʼlimi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarni joriy etish o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi. Bu yo‘nalishda Qamashi tumanida bir qator ishlar amalga oshirildi. Ularga to‘xtalishdan oldin, Qamashi tumani xalq taʼlimi bo’limi tuzilishi, maktablar soni, boshqaruv tizimiga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Bu quyidagi infografik maʼlumotlarda o’z aksini topganXalq ta’limi tizimida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilib borilmoqda. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida davlatimiz rahbari mamlakatimizda xalq ta’limini isloh etish va ta’lim sifatini oshirishga bag’ishlangan ikki bor yig’ilish o’tkazdilar. Shu davr mobayniida sohani rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan bir necha Prezident farmonlari va qarorlari qabul qilindi. Hujjatlarda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga ta’lim sifatini oshirish, o’qituvchi maqomini oshirish, zamonaviy kadrlar bilan ta’minlash siyosati, vazirlikning mavqeyini kuchaytirish, xodimlar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, AKTni keng joriy etish, xalqaro tajribani joriy etish va davlat-xususiy sherikchilik rivojlantirish kabi vazifalar qo’yildi.
Shu bilan birga Prezidentimiz mahalliy hokimiyatlarning vazifalarini belgilab berdi. Ular, jumladan, xalq ta’limi muassasalarining qurilishi, ta’mirlash, yangi o’quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyorlash, maktablarning xavfsizligini ta’minlash, investisiya va homiylik mablag’larini jalb etish kabi vazifalar yuklatildi.
Islohotlarning asosiy maqsadi jamiyatimizda o’qituvchi kasbi mavqyeyini oshirishdir. Islohotlarning ilk kunidan o’qituvchilarni huquqiy himoya etish va ularning ishlash sharoitlarini yaxshilash bo’yicha choralarga katta ahamiyat berildi.
O’qituvchilarni majburiy mehnat va majburiy obuna, turli yig’ilishlarga jalb etish to’xtatildi. O’qituvchilar yuritadigan hujjatlar soni 7 tadan 3 taga qisqartirildi. Shu bilan birga maktablarning tekshirish soni 26 baravar kamaydi. “Xalq ta’limi fidoyisi” davlat mukofoti ta’sis etildi. Ta’kidlash lozimki, o’qituvchilarning oylik maoshlari toifasiga qarab 40% dan 72% oshdi. Psixologlar ish haqi 103%, maktab direktori va o’rinbosarlari, Axborot-resurs markazi rahbari va kutubxonachilar maoshlari 33% ko’tarildi16.
Xalq talimi tizimi sohasi xodimlari uchun imtiyozli ipoteka kreditlar, iste’mol kreditlari, jumladan avtokreditlar, ularning oila a’zolari tadbirkorlik faoliyatini yuritishlari uchun kredit mablag’lar ajratish mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.
Ta’lim muassasalarining ko’chmas mulkini ijaraga berishdan tushgan va byudjetdan tashqari topilgan mablag’larning 99 foizi umumta’lim maktablariga beriladi. Maktab rahbariga daromadlarning jami summasidan 10 foizini o’z xohishiga binoan moddiy rag’batlantirish huquqi berildi. Bu xalq ta’limi tizimida koruppsiyani bartaraf etishga o’z hissasini qo’shishi lozim.
Kasaba uyushmalari federasiyasi ko’magida ta’lim rivojiga munosib hissa qo’shgan, davlat mukofotlariga sazovor bo’lgan 70 nafar pedagog kadrlarga har yili davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog’lomlashtirish muassasalariga imtiyozli va bepul yo’llanmalari taqdim etiladi. Bu yil ilk bor Kasaba uyushmalari federasiyasi homiyligida “Yil fan o’qituvchilari” 10 million so’m mukofot puli bilan taqdirlandilar.
Pedogoglarga yaratilayotgan sharoitlar natijasida 2018 yilda 13 ming nafar erkak o’qituvchilar maktablarga qaytdi. Birgina, 2018-2019 o’quv yilida 11,5 mingdan ortiq (2016 yilda 1900dan ortiq, 2017 yilda 9500 dan ortiq) oliy o’quv yurtini tamomlagan yosh mutaxassislar maktablarga ishga qabul qilindi. 2019 yil 1 yanvardan pensiya yoshidagi o’qituvchilarning pensiyasi to’liq to’lanishi munosabati bilan 7 mingdan ortiq tajribali o’qituvchilar maktablarga qaytib ishga olindi. UReport.uz loyihasi yoshlar orasida o’tkazgan so’rovnomasi natijalari shuni ko’rsatdiki, islohotlar natijasida 71% yoshlar o’qituvchi kasbini tanlashga tayyor.
Muhtaram Prezidentmiz, boshchiligida Moliya vazirligi tomonidan xalq ta’limi tizimiga davlat byudjetidan mablag’ ajratish oshib bormoqda. 2018 yilda sohaga davlat byudjetidan 12,1 trln. so’m ajratilgan bo’lsa, 2019 yilda tizim 17,1 trln. so’m ajratish ko’zda tutilgan. Bu mablag’larning 90% soha xodimlarining oylik maoshlariga yo’naltiriladi.
Xalq ta’limi tizimini qo’llab-quvvatlash xalq harakatiga aylanmoqda. 2018 yil davomida mahalliy byudjetlardan ham maktab infratuzilmasini takomillashtirish va ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mablag’lar yo’naltirdilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisi Musa Yerniyazov mahalliy byudjetdan maktablarni moliyalash uchun eng ko’p qo’shimcha mablag’ ajratgani uchun “Ta’lim homiysi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga tizimda xali o’z yechimini topishi kerak bo’lgan masalalar ko’p. 2016 yildan 2018 yilga qadar maktab o’quvchilari soni 4,2 mln.dan 5,8 mln. nafarga yetdi. 2019 yilda bu ko’rsatkich 6,2 mln. o’quvchiga yetishi kutilmoqda. Shu bilan birga maktablar quvvati 4,8 mln. o’quvchi darajasida saqlanib qolmoqda.
Bu muammo davlat maktablari va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish hamda foydalanilmayotgan kollejlarning binosini maktablarga aylantirish orqali hal etish mumkin. Ta’kidlash kerakki, 2016-2018 yillarda nodavlat ta’lim muassasalarining soni deyarli 4 baravar oshdi va 84 taga yetdi.
2016-2018 yillarda o’quvchilarning ta’lim olishlari uchun yanada sharoitlarni yaxshilash maqsadida 65 ta yangi maktab qurildi va 15636 ta qo’shimcha o’quvchi o’rni yaratildi.
Shuningdek, so’nggi 3 yilda investisiya va “Obod qishloq” (“Obod mahalla”) davlat dasturlari asosida 1 691 ta ta’lim muassasasida 1.5 trln. so’mdan ortiq mablag’ yangi qurilish, kapital va mukammal ta’mirlash uchun sarflandi. 2018 yilda bu dasturlar asosida 24 ta maktab yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.
O’quvchilar sonini ko’payishi hamda shart-sharoitlarning yaxshilanishi natijasida 43 ta maktab filiallari umumta’lim maktablariga aylantirildi (2016 yilda 1138 ta, 2017 yilda 1348 ta, 2018 yili 1299 ta filial bo’lgan).
Bundan tashqari, 2018 yilda mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 1815 ta maktab joriy ta’mirdan chiqarildi va buning uchun 189 mlrd so’m mablag’ sarflandi. Ta’lim muassasalarining qurilish-ta’mirlash ishlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini o’rnatish maqsadida vazirlik saytida onlayn monitoring tizimi (stat.uzedu.uz) ishga tushirildi. Natijada maktablar har yilgidan vaqtliroq va sifatliroq foydalanishga topshirildi.
Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari 2017-2018 o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga:
1-bosqich: 2017-2018 o’quv yilidan 1, 4, 6, 7, 10-sinflarda;
2-bosqich: 2018-2019 o’quv yilidan 2, 3, 8, 9, 11-sinflarda;
3-bosqich: 2019-2020 o’quv yilidan 5-sinflarda joriy etish boshlandi.
2021 yilda o’quvchilar bilimini xalqaro standartlar asosida baholash PISA tizimiga o’tishga tayyorgarlik ko’rilmoqda.
Hozirgi kunga kelib respublikamizda maktablar soni 9691 tani tashkil etadi. Ushbu maktablardagi o’qituvchi xodimlar soni esa 444788 tani tashkil etadi. Respublikamizdagi maktablarda tahsil oluvchi o’quvchilar soni esa 5821861 nafarni tashkil etadi17. 11 yillik majburiy ta’lim tizimiga o’tilishi munosabati bilan xalqaro tajribani o’rgangan holda 2017 yili 10-11-sinflari uchun yangi o’quv rejasi ishlab chiqildi va unda o’quv fanlari 23 tadan 12 taga optimallashtirildi.
2017 yilda 10-sinflar uchun 140 nomdagi jami 9,0 mln. nusxada, 2018 yilda 11-sinflar uchun 137 nomdagi jami 9,7 mln. nusxada darsliklar chop etildi.
2017-2018 o’quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o’rta ta’lim tizimiga o’tildi. Hozirda umumta’lim maktablarida 736 185 nafar o’quvchilar 10-11-sinflarda ta’lim olmoqda.
Shuningdek, 11 yillik majburiy ta’lim tizimiga o’tilishi munosabati bilan o’quvchilarni kasb-hunarga o’rgatish tizimining yangicha mexanizmi joriy etilib, 2018-2019 o’quv yilida 10-11-sinf o’quvchilari kasb-hunar kollejlari bazasida
1 748 ta o’quv-ishlab chiqarish majmualarida 737 642 nafar (ulardan 1457 nafari nodavlat ta’lim muassasalari o’quvchilari) o’quvchiga 51 ta kasblar o’rgatilmoqda (2017 yili 279 124 nafar o’quvchiga 1488 ta majmuada 40 ta kasb). O’quv-ishlab chiqarish majmualarida yangi kasblar, ya’ni AKT sohasida dasturlovchi, kompyuter dizayneri, komyuterlarni sozlash texnigi kabi mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo’lishi kutilayotgan hamda ko’p haq to’lanadigan kasblar hisobiga kengaytirish choralari ko’rilmoqda.
Majmualarda jami 10 833 nafar o’qituvchilar kasb-hunar sirlarini o’rgatmoqda. Shundan, 8570 nafari oliy ma’lumotli o’qituvchilar, 2263 nafari o’rta-maxsus ma’lumotli ishlab-chiqarish ta’limi ustalaridir.
O’quv-ishlab chiqarish majmualarida ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha me’yoriy-huquqiy baza yaratildi. Jumladan, kasblar bo’yicha malaka talablari belgilandi, o’quv reja va dasturlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi, o’quv-ishlab chiqarish majmualarida o’quvchilarni baholash mezonlari va yakuniy attestasiyadan o’tkazish tartibi belgilandi. 2018 yilda 333 ta ta’lim muassasalarini kasblar bo’yicha 489 ta sinflar to’plami bilan jihozlash choralari ko’rilmoqda. 2019 yildan boshlab, 635 ta maktablarda tashkil etilgan va minimum darajada jihozlangan o’quv-ishlab chiqarish majmualariga mavjud kasblar bo’yicha 2,1 mlrd. so’mlik xom-ashyo yetkazib berish ko’zda tutilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi soha faoliyati shaffofligini oshirish, aniq ma’lumotlarni to’plash, aholi bilan muloqot qilish va jamoatchilik nazoratini o’rnatish uchun axborot texnologiyalarini faol joriy etmoqda. Jumladan, vazirlik ustozovozi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi resurslarni ishga tushirdi. Xalq ta’limi tizimiga homiylik mablag’larini jalb etish maqsadida MFond jamg’armasi ochildi. Xalq ta’limi sohasidagi ma’lumotlar ochiq-oshkora, shaffof tarzda qo’yib borish uchun ijtimoiy tarmoqlari kanallarida “Ustoz ovozi” kanali ishga tushirildi.
Xalq ta’limi vazirligi tizimida o’quvchilar o’rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini targ’ib qilish uchun kitob.uz sayti yaratilgan. Saytga jami 803 nomdagi elektron adabiyotlar joylandi, shundan, 655 nomda o’zbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti namoyondalari asarlarining elektron varianti joylashtirilgan. www.kitob.uz saytiga badiiy adabiyotlarning MRZ shaklidagi audio resurslari joylashtirilmoqda. Saytga o’quvchilar mutolaasi uchun tavsiya qilingan 125 nomdagi adabiyotlar ro’yxati joylashtirilgan.
Vazirlik markaziy apparati tarkibida o’qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoyalash, ular huquqlarining buzilishiga yo’l qo’ymaslik, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ta’lim muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga yo’l qo’ymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi.
Respublika maqsadli kitob jamg’armasi Moliya vazirligidan Xalq ta’limi vazirligiga o’tkazildi. Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini nazorat qilish injiniring kompaniyasi tashkil etildi.
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko’maklashish jamg’armasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi.
2018 yil davomida Xalq ta’limi vazirligi ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish uchun rivojlangan mamlakatlar hamda ularning davlat va xususiy tashkilotlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o’tkazildi. Ular orasida Finlyandiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi mamlakatlarining vakillari bor. Vazirlik vakillari Janubiy Koreya va AQSh tashrif buyurdilar va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatdilar.
2018 yil davomida xalq ta’lim sohasida katta ko’lamdagi ishlar amalga oshirilgan bo’lsa ham, sohada amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar ko’p. Hozirda ishlar asosan muammolarni aniqlash va ularga yechim topish ustida ish olib borilgan bo’lmasada, keyingi bir necha yil ta’lim sifatini, o’quv dasturlarini va darsliklarni takomillashtirishga yo’naltiriladi.
2019 yildagi ustuvor vazifalar:
1. Umumiy o’rta ta’limning o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan Davlat ta’lim standartlari o’quv dasturlari va o’quv rejalari qaytadan ko’rib chiqilib, takomillashtiriladi.
2. Har bir hududda (dastlabkilari 2019 yilda Qoraqalpog’iston, Namangan, Xorazm va Toshkent shahrida) iqtidorli o’quvchilar uchun “Prezident maktablari” tashkil etiladi.
3. 2019 yildan boshlab, barcha sharoitlarga ega bo’lgan “Zamonaviy maktab” barpo etiladi.
4. Jamiyatda o’qituvchilarning nufuzini yanada oshirish maqsadida “O’qituvchi maqomi to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqiladi.
5. Ta’lim sifati yuqori bo’lgan namunali maktablar tarmog’i (“setevaya shkola”) kengaytiriladi.
6. Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat ta’lim muassasalari 2 baravarga ortadi.