O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi huzuridagi yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti


-rasm. Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining asosiy yo’nalishdari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə13/15
tarix21.07.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#62853
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
G\'afurov A BMI 2

4.1-rasm. Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining asosiy yo’nalishdari.
O’zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (Thye Programme for International Student Assessment) o’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo’yicha xalqaro dastur reytingi bo’yicha jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
o’qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tadbiq etish;
xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va innovasion loyihalarni joriy etish;
xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag’ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo’nalishlarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tadbiq etish;
xalq ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o’rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to’lash, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish;
Ushbu farmonda umumiy o’rta ta’limni boshqarish sohasida ham bandlar keltirib o’tilgan.
umumta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda ta’lim sifatini yuqori bosqichga ko’tarish hamda mavjud muammolarni o’z vaqtida hal etish talab etilmoqda, umumta’lim muassasalariga yuklatilgan vazifalarning deklarativ xarakterga egaligi, ularni amalga oshirish bo’yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarning yetishmasligi amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari umuta’lim muassasalari faoliyatini chuqur tahlil qilmasdan, faqatgina statistik va boshqa ma’lumotlarni to’plash bilan chegaralanayotganligi joylardagi haqqoniy holatni aniqlashga to’sqinlik qilmoqda.
Davlat ta’lim xizmatlarini ko’rsatish, umumta’lim muassasalarini boshqarish, ishlarni rejalashtirish va tashkil etish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi pastligi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu jarayonni tezkor kuzatib borish imkonini bermayapti, shuningdek davlat boshqaruvini ortiqcha byurokratlashtirish va uning sarf-xarajatlari oshishiga olib kelmoqda.
Xalq ta’limi tizimida ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning rivojlanmaganligi nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining ta’lim sohasidagi muammolarni hal etishdagi ishtirokini cheklamoqda.
Xalq ta’limi tizimida boshqaruv vertikalini amalga oshirish mexanizmining yetarlicha rivojlanmaganligi tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari rolining sezilarli darajada pasayishiga sabab bo’lmoqda.
Umumta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish, shuningdek o’quv jarayonida turli shakldagi korrupsiya elementlariga barham berish bo’yicha samarali mexanizmlarni joriy qilish talab etilmoqda.
So’nggi yillarda xalq ta’limi sohasida boshqaruvning yangi usullari joriy etilmoqda. Bunday usullardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida” gi farmoniga muvofiq umumta’lim maktablarida kuzatuv kengashlarining tashkil etilishidir. Bunga ko’ra kuzatuv kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan ta’lim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda unga egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
ta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash;
ta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo’jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag’lardan foydalanish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
ta’lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo’yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko’rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang’ich narxni ko’rib chiqish va tasdiqlash;
o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o’rnatish;
o’quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko’rib chiqish, ta’lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to’g’risida ijtimoiy so’rovlarni o’tkazish;
ta’lim muassasasining faoliyatini tshkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.
Ta’lim jarayonining shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik ta’sirini kuchaytirish, o’quvchilarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida har bir ta’lim muassasasida kengash tashkil etiladi.
Kengash 7 kishidan kam bo’lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Kengash tarkibiga o’quvchilarning ota-onalari orasidan kamida 2 nafar, sobiq bitiruvchilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi sobiq pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar a’zo kiritiladi. Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi. Kengash a’zolari tegishli ta’lim muassasasi umumiy yig’ilishida o’quvchilarning ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan ochiq ovoz berish orqali saylanadi. Ta’lim muassasasi direktori yoki uning o’rinbosarlari, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari Kengash a’zolari sifatida saylanishiga yo’l qo’yilmaydi. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda kengash tarkibi har o’quv yili boshida ko’rib chiqilishi mumkin.20
Kengash a’zosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari boshqa ta’lim muassasasiga o’tkazilganda yoki bitirib ketganda, Kengashning ushbu a’zosi Kengash a’zolari qatoridan chiqariladi va uning o’rniga ota-onalar orasidan boshqa a’zo saylanadi. Kengash a’zosi kengashning yig’ilishlarida surunkali 3 marta uzrli sabablarsiz ishtirik etmagan taqdirda, u Kengash tarkibidan chiqariladi.


XULOSA
Bitiruv malakaviy ish bo’yicha xulosa chiqaradigan bo’lsak, hozirda xalq ta’lim tizimi eng asosiy jihatlardan biri bo’lib hisoblanadi. Ushbu ish orqali xorijdagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda, o’zimizga mos ravishda, o’z mintalitetimizga moslashtirgan holda o’z yo’nalishimizni belgilab olishimiz zarur. Xulosa o’rnida aytish joizki ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor, islohotlar bevosita davlatning kelajagiga bog’liq jarayonlardir. Shunday ekan hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnika-texnologiya asrida ta’limga a’lohida e’tibor qaratilmasa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuni anglagan holda so’nggi yillarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida ta’lim sohasida juda katta o’zgarishlar va islohotlar olib borilmoqda. Buning isboti sifatida maktablar infratuzilmasining yangilanishi, moddiy-texnik ta’minotining yaxshilanishi ta’lim sifatining oshrilishi hamda maktablarning boshqaruv sohasining isloh qilinishida ko’rishimiz mumkin.
Hozirda zamon shuni talab qilmoqdaki ta’lim jarayonida har bir bola bilan individual shug’illanib, ularga qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Shu bilan bir qatorda o’qituvchi pedagoglarning bilim salohiyatini muntazam oshirib borish, hamda ularning malaka oshirib borishlarini doimiy tashkil qilish zarur hisoblanadi.
Uzoq hudud maktablaridagi mavjud kamchiliklarni o’rganib chiqish hamda tizimli tahlil qilib, mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Eng asosiy maqsadimiz ta’lim sifatini oshirish hamda yuksak bilimli kadrlarni tayyorlash.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin