2.2. Qamashi tumani 61-maktab ta’limi boshqaruviga zamonaviy menejment usullarini joriy etish mexanizmlari Ta’lim tizimida juda ko’plab ishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi yoshlarimiz kelajagi hamda yurtimiz rivojlanishi uchun qilinayotgan ishlardir. Faqatgina ta’lim berishga e’tibor berib ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Shu sababli ham yurtimizda so’nggi yillarda juda katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda xalq ta’limi tizimida kamchiliklar ham talaygina. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun esa ko’plab ishlarni amalga oshirishimiz kerak bo’ladi. Hozirda xalq ta’limida uchrayotgan muammolarga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, asosan quyi bo’g’indagi maktablar faoliyatida ko’pgina kamchiliklar uchrab turibdi. O’qituvchi pedagoglarning ayrimlarida dars o’tishga nisbatan ma’suliyatsizlik, o’z ustida ishlamasligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalana olmasliklari kabi kamchiliklar uchrab turibdi. Ta’lim tizimini rivojlantirishda faqatgina maktablar faoliyatida kamchiliklar ko’zga tashlanayapti desak adashgan bo’lamiz. Ta’lim sifatining oshishida nafaqat o’qituvchilarning, balki ota-onalarning ham o’rni kattadir. Maktablarda o’quvchilar o’qish davrida o’qituvchilarning nazoratida bo’ladi, bu vaqt davomida ham ta’lim ham tarbiya beradi. Lekin, darslardan so’ng uyda bolani darslarni tayyorlashi, mustahkamlashini nazorat qilmasa, bolalarning bilim saviyasini kerakli darajaga ko’tara olmaymiz. Ta’lim tizimimizda eng asosiy ustuvor maqsadlardan bo’lib kelayotgan maktab, ota-ona va mahalla hamkorligiga juda katta e’tibor berilmoqda. Bu hamkorlikni kengroq yo’lga qo’yadigan bo’lsak albatta yaxshi natijalarga erishamiz, bu uchun esa hammamiz birgalikda harakat qilishimiz zarur. Ta’lim sifatini oshirishimizda o’qituvchi pedagoglarning malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Ta’lim sohasida boshqaruv kadrlarni tayyorlash tizimi ham muhim jihatlardan biri xisoblanadi. Ta’lim muassasasining faoliyat samaradorligi bevosita muassasani boshqarayotgan rahbarga ham bevosita bog’liq jihatlardan xisoblanadi. Sohada ayrim kamchiliklar ham kuzatilmoqda, ushbu kamchiliklar aniqlanib bartaraf etish uchun ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda.
Ta’lim to’g’risidagi qonunning 4-moddasida fuqarolarning bilim olish huquqi keltirib o’tilgan:
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o’qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to’lov evaziga kasb-hunar o’rgatish;
barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o’quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi;
oilada yoki o’zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditasiyadan o’tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestasiyadan o’tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari O’zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilim olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Prezidentimiz ham o’zining 2018 yil 5 sentabrdagi PF 5538-son farmonida ayrim kamchiliklarni keltirib o’tgan. Jumladan:
birinchidan, joylarda umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumta’lim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qo’yish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq ta’limi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi;
ikkinchidan, umumta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos bo’lmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning o’rinbosarlari o’rtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi;
uchinchidan, umumiy o’rta ta’limning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etish bo’yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, o’quv-tarbiya jarayonini uslubiy ta’minlash masalalarida xalq ta’limi bo’limlari va umumta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro hamkorlik darajasining pastligi;
to’rtinchidan, rahbarlar, o’qituvchilar va umumta’lim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod ko’payib ketganligi;
beshinchidan, ta’lim sifatini ta’minlash, o’qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, o’quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi;
oltinchidan, xalq ta’limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy me’moriy yechimlar, innovasion ishlanmalarni va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi.18 Ushbu kamchiliklardan kelib chiqib yurtboshimiz bir nechta ustuvor maqsad va vazifalarni ham belgilab berganlar.
Quyidagilar xalq ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari etib belgilansin:
umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;
ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining (keyingi o’rinlarda — Vazirlik) muvofiqlashtiruvchi roli va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo’nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish;
rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg’or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tadbiq etish yo’li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish;
xalq ta’limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikasiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash, barcha foydalanishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar manbaasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish;
xalq ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo’li bilan umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko’rsatishga oid faoliyat bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi o’rinlarda — nodavlat umumta’lim tashkilotlari) tarmog’ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;
xalq ta’limi tizimiga ilg’or xorijiy tajribani, o’quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovasion usullarini joriy etish, o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qo’yiladigan davlat talablari umumiy o’rta ta’limni moliyalashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag’lar hisobga olingan holda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri tomonidan tasdiqlanadi;
Viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi rahbarlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari, shuningdek, Vazirlikka idoraviy mansub boshqa tashkilotlar va muassasalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilmasdan O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan maktablar negizida tarmoqli maktablarni tashkil etish, ushbu tarmoqqa yuklamasi past koeffisiyentli maktablarni kiritish haqidagi qaror O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan qabul qilinadi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo’yicha reytingi tuzilib yo’lga qo’yildi. 2019 yil 1 martdan boshlab davlat umumta’lim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etildi.
Xalq talimi vazirligi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tumanlar va shaharlar kesimida bolalarni umumiy o’rta ta’lim maktablariga qabul qilish Davlat xizmatlari markazlari yoki O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan umumiy o’rta ta’lim muassasalari ro’yxatini shakllantiriladi.
O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarish, o’quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovasion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.19 Bunga ko’ra quyidagi vazifalari va yo’nalishlari belgilab olindi: (4.1-rasmga qaralsin)