17-modda. Auditor. Auditorning yordamchisi Auditor o‘zi bilan auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida bir vaqtning o‘zida faqat bitta auditorlik tashkiloti tarkibida ishlashi mumkin. Auditor o‘zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin.
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi munosabati bilan Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida boshqa auditorlik tashkilotining rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan, auditorlik tashkilotida ishlovchi hamda auditorning topshirig‘iga ko‘ra auditorlik xulosasiga va auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa hujjatga imzo qo‘yish huquqisiz auditorlik tekshiruvida ishtirok etadigan jismoniy shaxs auditorning yordamchisidir.
Auditorning yordamchisiga nisbatan uning auditorlik tekshiruvida ishtirok etishi chog‘ida o‘zi olgan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati tatbiq etiladi.
Auditorlarning malakasini oshirish buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro tashkilotda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi
Auditor auditorning malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran har yili auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tadi
Auditorlarning malakasini oshirish kurslari vakolatli davlat organi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda tasdiqlanadigan namunaviy dastur bo‘yicha o‘tkaziladi
18-modda. Auditorlarning malakasini oshirish 19-modda. Auditorning malaka sertifikati Auditorning malaka sertifikati i) auditorning malakasini tasdiqlaydigan va unga auditorlik tashkiloti tarkibida auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradigan hujjatdir.
Sertifikat basharti talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirsa, vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan, qat’iy hisobotga oid hujjatdir
Sertifikat dastlabki besh yillik muddatga beriladi, uning amal qilishi navbatdagi o‘n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytiriladi.
Talabgorda xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lgan hamda u ushbu Qonunning 21 va 22-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan taqdirda, sertifikat unga malaka imtihonini topshirmagan holda dastlabki besh yillik muddatga beriladi va belgilangan davriylik bilan uzaytiriladi.