“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun O’zbekiston Respublikasining Qonuni O’RQ-677 25.02.2021 yil 2-модда
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
4-модда
Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar mustaqillik, xolislik va halollikdan, kasbiy bilimga egalik hamda axborotning maxfiyligidan iboratdir.
9-модда
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Audit va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilinadigan auditning xalqaro standartlari hamda sifat nazoratining xalqaro standartlari, tahliliy tekshiruvlarning xalqaro standartlari, ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari, turdosh xizmatlarning xalqaro standartlari auditorlik faoliyati standartlaridir.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi
auditorlik faoliyati sohasidagi xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi
malaka komissiyasining ish tartibi va reglamentini belgilaydi
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari ishtirokida malaka imtihonini o‘tkazadi
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazadi
o‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, uning amal qilish muddatini uzaytiradi va uning amal qilishini tugatadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan sertifikat mustasno
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlar malakasini oshirishning namunaviy dasturini tasdiqlaydi