O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari



Yüklə 22,03 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü22,03 Kb.
#195130
1   2   3   4   5   6   7
20-modda. Malaka imtihoni
Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun talabgorlarning bilimlarini malaka komissiyasi tomonidan tekshirish tartib-taomili malaka imtihonidir
Malaka imtihonini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi
Auditorda kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish staji mavjud bo‘lgan va u ushbu Qonun 22-moddasining ikkinchi qismida belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sertifikatning amal qilish muddati malaka imtihoni topshirilmagan holda uzaytiriladi.
Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor, malaka imtihonini qayta topshirish uchun malaka imtihonida ishtirok etgan sanadan e’tiboran kamida bir oydan so‘ng hujjatlarni taqdim etishga haqli.
Auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga va xorijiy ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qo’llab-quvvatlashda ta’sirchan tizimi shakllantirilmagan;
Yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan, professional jamoat birlashmalarining tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik mavjud emas;
Auditning xalqaro standartlarini davlat tilidagi tahriri ishlab chiqilmagan;
Mamlakatimizda auditning xalqaro standartlari bo’yicha darsliklar, elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar tayyorlanmagan va chop etilmagan;
Oliy ta’lim muassasalarining “Audit” sohasida dars beruvchi professor-o’qituvchilari, amaliyotdagi auditorlar va ichki auditorlarni auditning xalqaro standartlari bo’yicha tayyorlash hamda qayta tayyorlash tizimli yo’lga qo’yilmagan;
2018 YIL 19 SENTYABRDAGI PQ-3946 SONLI QARORGA MUVOFIQ 2019 YIL 1 YANVARDAN KORXONA VA TASHKILOTLARDA AUDIT AUDITNING XALQARO STANDARTLARI MEZONLARI ASOSIDA O’TKAZILISHI BELGILANGAN.

2018 YIL 19 SENTYABRDAGI PQ-3946 SONLI QARORGA MUVOFIQ AUDITORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING QUYIDAGI USTUVOR YO’NALISHLARI BELGILANDI

    • auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan xalqaro standartlar asosida, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga va ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning ta’sirchan tizimini shakllantirish
    • yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan professional jamoat birlashmalarining tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorligini ta’minlash
    • auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb etilganlik darajasini oshirish, shu jumladan auditorlik tashkilotlarini, auditorlarni auditning xalqaro standartlarini qo’llash masalalarida faol uslubiy jihatdan qo’llab-quvvatlashni tashkil etish
    • auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish, ushbu standartlarni qo’llash sohasida jahonning ilg’or tajribasini ommalashtirish bo’yicha faoliyatini faollashtirish

Yüklə 22,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin