O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari


YIL 19 SENTYABRDAGI PQ-3946 SONLI QARORGA MALAKA SERTIFIKATIGA OID QUYIDAGI O`ZGARISHLARNI AMALGA OSHIRISH BELGILANDI



Yüklə 22,03 Kb.
səhifə5/7
tarix25.12.2023
ölçüsü22,03 Kb.
#195130
1   2   3   4   5   6   7

2018 YIL 19 SENTYABRDAGI PQ-3946 SONLI QARORGA MALAKA SERTIFIKATIGA OID QUYIDAGI O`ZGARISHLARNI AMALGA OSHIRISH BELGILANDI

    • auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini o’n yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish
    • xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo’lganda auditor malaka sertifikatini berishni va amal qilish muddatini uzaytirishni, shuningdek, 10 yildan kam bo’lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo’lganda auditor malaka sertifikatining amal qilishini muddatsiz davrga uzaytirishni malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshirish
    • «buxgalteriya hisobi» va «audit» mutaxassisliklari bo’yicha magistr diplomiga ega bo’lgan auditor malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun auditorlik tashkilotida bir yildan kam bo’lmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik asosida) ega bo’lish talabini o’rnatish

Sertifikat olish uchun talabgor oliy ma’lumotga hamda oliy ta’lim tashkilotini tamomlaganidan keyin oxirgi o‘n yildan kamida uch yil buxgalteriya hisobi va audit sohasida yoki oliy ta’lim tashkilotida “Buxgalteriya hisobi” yoxud “Audit” fanidan dars berish sohasida ish stajiga (shu jumladan o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lishi kerak.
“Buxgalteriya hisobi” va “audit” ixtisosliklari bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘lgan talabgor uchun auditorlik tashkilotida kamida bir yillik ish staji (shu jumladan o‘rindoshlik asosida) talab qilinadi.
Talabgorning iqtisodiy ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajasi mavjud bo‘lgan taqdirda, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi ish staji talab etilmaydi.
21-modda. Sertifikat olish uchun talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari
22-modda. Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Talabgor dastlabki besh yillik muddatga sertifikat olish uchun vakolatli davlat organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
1. pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining ma’lumotlari; 2. oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatning yoxud chet davlatda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi tegishli vakolatli davlat organi guvohnomasining ko‘chirma nusxasini;
3. belgilangan davriylik bilan malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, xalqaro buxgalter sertifikatining ko‘chirma nusxasini (mavjud bo‘lgan taqdirda);
4. mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasini (o‘rindoshlik asosida ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv kiritilgan holda, shuningdek xorijdagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatni) yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan ko‘chirmani;
5. arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining ko‘chirma nusxasini.
Auditor sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun uning dastlabki besh yillik muddati yoki navbatdagi o‘n yillik muddati tugashidan uch oy oldin, biroq sertifikatning amal qilish muddati tugashidan ko‘pi bilan olti oy oldin vakolatli davlat organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
  • sertifikatning asl nusxasini;
  • belgilangan davriylik bilan malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, xalqaro buxgalter sertifikatining ko‘chirma nusxasini (mavjud bo‘lgan taqdirda);
  • mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasini yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan ko‘chirmani;
  • arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining ko‘chirma nusxasini.


Yüklə 22,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin