26-modda. Sertifikatning amal qilishini tugatish Sertifikatning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi. Sertifikatning amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
auditorning sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi arizasi;
uch yil davomida auditorlik faoliyatida ishtirok etmaganlik; sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan e’tiboran olti oy davomida auditorning sertifikatni olish uchun kelmaganligi;
vakolatli davlat organining sertifikat berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi fakti aniqlanganligi;
sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi;
sudning muayyan huquqdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan hukmi; sudning sertifikat egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi qarori;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ushbu Qonun talablarini muntazam ravishda (ikki martadan ko‘p) yoki bir marta qo‘pol tarzda buzganlik.
Auditorlik faoliyatini tartibga solishda jamoat tashkilotlar roli
O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) - O’zbekiston Auditorlar Palatasi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, mustaqil sertifikatlangan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradi. O’APning maqsadi auditorlarning professional darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, davlat va jamoat organlarida o’z a’zolarining qonuniy huquq va professional manfaatlarini himoya qilish, axborot aloqalarini ushlab turish, professional sohada sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlar haqidagi barcha zaruriy axborotlar bilan ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Auditorlar Palatasi asosiy vazifalari: - Palata a’zolarining nomoddiy manfaatlari va madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlarini himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish;
- auditorlik xizmatlari bozorini institutsional, me’yoriy-huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish masalalarida auditorlik tashkilotlarini muvofiqlashtirish va birlashtirish;
- audit sifati standartlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, auditorlik xizmatlari bozorining shaffofligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish, halol raqobatni rivojlantirish;
- Palata a’zolarini audit sifati standartlari va Ahloq Kodeksini so’zsiz bajarish bo’yicha ishlarni tashkil etish;
- auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlari topshirish, o’qitish va o’tkazish tartibi, dasturlari, uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqish;
- auditorlar va buxgalterlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha kurslar tarmog’ini yaratish, Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC) talablariga muvofiq auditor va buxgalter xodimlarini professional darajasini oshirishga ko’maklashish;
- buxgalter va auditor kasbining jozibadorligini oshirish, buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika va xalqaro konkurs, simpozium, konferentsiya va seminarlar tashkil etish;