(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-noyabrdagi PQ-4034-sonli qarori tahririda)
13. Quyidagilar:
“O‘zbektelekom” AKga Markazni zarur aloqa vositalari va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan ta’minlash;
“O‘zbekenergo” AJga Markazga ajratilgan binoni majburiy tartibda zaxira qilingan uzluksiz energiya ta’minoti bilan ta’minlash tavsiya etilsin.
14. Markaz axborot sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, apparat-dasturiy komplekslar, o‘quv va laboratoriya jihozlari, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va radiodetallarga bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan idoraviy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qaroriga muvofiqlashtirsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent 21-noyabr PQ 4024-son
2. MEYORIY HUJJATLAR
O’zbekiston Respublikasining asosiy Qonuni 1991 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyadir.
Konstitutsiyaning 29-moddasida quyidagilar keltirilgan:
«Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan Boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va Boshqa sirlarga taalluqli bo’lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.»
O’zbekiston Respublikasida 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan N 400-I sonli «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida» gi Qonunning 3-moddasida har bir fuqaroning axborot olish xuquqi kafolatlanishi, har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish xuquqi davlat tomonidan ximoya qilinishi yozilgan.
2003 yil 11 dekabrda O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan №560-II sonli «Axborotlashtirish to’g’risida»gi Qonunning 4-moddasida axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari belgilangan. [7].
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O’zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
halqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog’idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o’zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko’maklashish;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag’batlantirish;
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag’batlantirish.
Qonunning 6-moddasida Maxsus vakolatli organ vazifalari belgilab qo’yilgan:
davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari yaratilishiga ko’maklashadi;
axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;
axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning o’z axborot resurslari hamda axborot tizimlari muhofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishga ko’maklashadi;
axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil etadi;
axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasining mudofaa qobilyati va xavfsizligi manfaatlarini ko’zlab axborot xavfsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq Boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
«Axborotlashtirish to’g’risida»gi Qonunning «Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish» nomli 19-moddasida axborot resurslari va tizimlarini muhofaza qilishning asosiy maqsadlari bayon etilgan:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash;
axborot resurslarining tarqalib ketishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishi, buzib talqin etilishi, to’sib qo’yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish;
axborotni yo’q qilish, to’sib qo’yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish;
axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash.
«Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonunning «Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish» nomli 20-moddasida axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish masalalari yoritilgan: [7].
Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar etkazilishi mumkin bo’lsa, muhofaza qilinishi kerak.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.
Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Respublikamizda 1994 yil 6 mayda qabul qilingan «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida»gi Qonunida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar yoritilgan. Ushbu Qonun EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini mualliflik huquqi ob’ektlari sirasiga kiritadi. Qonunda vazifasi va afzalliklaridan qat’iy nazar, ob’ektiv shaklda ifodalangan, bosib chiqarilgan hamda bosib chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy faoliyatining natijasi bo’lgan, EHM uchun yaratilgan har qanday dasturlar va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi tatbiq etilishi belgilab qo’yilgan
Foydalanilgan adadiyotlar:
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
Internet resurslari
1. Lex.uz
2. Hozir.org
3. Wikipedia.uz
4. Kompy.info
5. va boshqalar
Dostları ilə paylaş: |