Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 198 September, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA “Partiya” so„zi lotincha “part” so„zidan kelib chiqqan bo„lib, “ish”, “qism”
degan ma‟nolarni anglatadi. Siyosiy partiya – fuqarolarning eng faol, mushtarak
mafkura asosida bog„langan, davlat hokimiyatini qo„lga kiritish, uni saqlab qolish va
amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi.
Siyosiy partiya – bu jamiyatdagi ma‟lum bir guruhlar, toifalar, qatlamlarning
qiziqishlarini aks ettiradigan hamda davlat hokimiyatini tashkil etish va davlat
ishlarida qatnashish orqali ularni amalga oshirishni o„z oldiga maqsad qilib
qo„yadigan kishilar birligini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, siyosiy partiyalar
mamlakatdagi muayyan aholining yoki guruhlarning manfaatlarini, maqsadlarini va
intilishlarini ifodalaydigan hamda qonuniy vositalar yordamida ularni davlat siyosti
darajasiga ko„tara oladigan jamiyatdagi yagona kuch hisoblanadi. Aynan mana shu
jihati, ya‟niy siyosiy hayotdagi bevosita ishtiroki bilan o‟z manfaatlarini ifodalashi
orqali siyosiy partiyalar boshqa jamoat tashkilotlaridan farqlanadi.
Siyosiy partiyalar zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy tizimining muhim
ajralmas qismidir. Davlat va huquq nazariyasidan bizga ma‟lumki, siyosiy tizim – bu
xalq irodasiga muvofiq davlatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirishga xizmat
qiluvchi siyosiy institutlar, siyosiy normalar, prinsplar, jarayonlarning o‟zaro
aloqadorligi va mushtarak yig‟indisi. Ramziy ma‟noda aytganda, siyosiy tizim davlat
hokimiyatini amalga oshiruvchi siyosiy muassasalar yoki tashkilotlarning
harakatlanish
maydonidir,
ushbu
siyosiy
maydonning
barqarorligini
mustahkamlovchi siyosiy poydevor – siyosiy partiyalardir. Zero, siyosiy partiyalar
hokimiyat konstitutsiyaviy-huquqiy tuzilishining barcha bo„g„inlariga singib ketgan
holda nafaqat uni shakllantirishda, balki faoliyat yuritishida ham hal qiluvchi rol
o„ynaydilar.
Jamiyatda turli xil patriyalarning mavjud bo„lishi natijasida siyosiy fikr ,
qarashlarning xilma-xilligi vujudga keladi. “Plyuralizm, ya‟ni fikrlar xilma-xilligi va
qarashlarning rang-barangligi ma‟rifiy jamiyatga xos bo„lib, muayyan haqiqatni
turlicha izohlash, tushunish va talqin etish tamoyiliga asoslanadi”.
Siyosiy partiyalarning o„ziga xos xususiyatlari qonuniy raqobat olib borilishi
sharoitida ijobiy natijalarga olib keladi hamda davlat, jamiyat rivoji uchun o„z
hissasini qo„shadi. Bugungi kunda, aynan shu sababli, demokratik jarayonlarni
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mamlakatdagi siyosiy
raqobatni rivojlantirish asosiy maqsad, yo„nalish sifatida namoyon bo„lmoqda.