Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 9 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
197
September, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SIYOSIY PARTIYALAR
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING BA’ZI MASALALARI
Tuxtasin Xudаyberganovich Tashmetov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti v.b. dosenti falsafa fanlari bo„yicha
falsafa
doktori
(PhD)
toshmetovtuxtasin@gmail.com
ANNOTATSIYA
Siyosiy partiyalar jamiyatni harakatga keltiruvchi asosiy siyosiy kuch
hisoblanadi. Zero, parlamentarizmning rivojlanib borishi siyosiy partiyalar o„rtasida
sog„lom siyosiy raqobatni vujudga keltiradi. Bu esa
jamiyatimizda saylov erkinligi,
so„z erkinligi,
ovozlarni halolik bilan sanash, ijtimoiy fikrdan bahramand bo„lish,
ijtimoiy manfaatlar integratsiyasi hamda erkin, demokratik saylovlarda siyosiy kuchlar
raqobati kabi qat‟iy tizimlarning shakllanishiga zamin yaratadi.
Kalit so‘zlari:
Davlat, jamiyat, Vatan, siyosat, normativ, partiya, dastur,
saylov, g„oya, parlament, millat, demokratiya, mafkura, prinsp, konstitutsiya, huquq,
plyuralizm,
madaniyat, mafkura, fuqaro, islohot, jamoatchilik nazorati, tamoyil,
targ„ibot, muxolifat,
KIRISH
Insoniyat siyosiy ongining davr bilan hamnafas
rivojlanib borishi siyosiy
jarayonlar, siyosiy tizim va uning tarkibiy qismlarini takomillashtirishga ham o‟z
ta‟sirini ko‟rsatmoqda. “Zamonaviy fuqarolik jamiyatining bardavom faoliyati bir
necha, serqirra jamoat tashkilotlari bilan
uzviy aloqani talab etadi, ularning eng
asosiysi siyosiy partiyalardir”. Siyosiy partiyalar
jamiyat tizimining asosiy
elementlaridan biri hisoblanadi. Binobarin jamiyat siyosiy tizimi doimiy harakatdagi
ijtimoiy hodisadir. Shu boisdan mashhur ingiliz siyosiy arbobi Genri Sent Jon
Bolingbrok siyosiy partiyani demokratik institut sifatida e‟tirof etib, “partiya
millatning ovozi” ekanini qayt etadi.
Siyosiy partiyalar saylovoldi dasturlarida ta‟lim
tizimiga, yoshlar masalasiga
alohida e‟tibor qaratilmoqda. Quvonarli jihati shundaki, bugungi kunda yoshlarimiz
barcha jabhalarida bo„lgani kabi siyosiy partiyalar faoliyatida ham alohida o„ringa
ega bo‟lib borishmoqda. Har bir siyosiy partiyada yoshlar
qanoti faoliyat olib
borayotganligi buning yaqqol tasdig‟idir.