Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 9 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
200
September, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ko„p partiyaviylik – demokratik davlatlarda siyosiy hayotni tashkil etishning
asosiy konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri, siyosiy va mafkuraviy plyularizmni ancha
umumiy bo„lgan prinsipining ifodasi hisoblanadi. Ko„p partiyaviylik prinsipi yuridik
jihatdan davlat fuqarolarning o„z dunyoqarashlariga muvofiq tarzda siyosiy
partiyalarga birlashish huquqini, barcha siyosiy partiyalarning qonun oldida tengligini,
ular faoliyati erkinligini tan olishi va kafolatlashini anglatadi. Ko„p partiyalilik prinsipi
vakolatli davlat organlarining milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy murosasizlikni, qonuniy
davlat hokimiyat organlarini kuch ishlatib ag„darishni targ„ib qiladigan yoki boshqa
yo„sinda amalda bo„lib turgan qonunchilikni buzadigan siyosiy partiyalarni qonunda
belgilangan tartibda ta‟qiqlashi va tarqatib yuborishni mustasno qilmaydi.
Binobarin, mamlakatda haqiqiy ko„ppartiyaviylik tizimining paydo bo„lishi
bugungi kunda mavjud bo‟lgan har bir siyosiy partiyaning faoliyatiga bog„liq.
Shuning uchun ham O„zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
ta‟kidlaganlaridek, “Har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana
shu toifa manfaatlarining himoyachisi sifatida o„zining aniq ravshan harakat dasturiga
ega bo„lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat
taraqqiyoti borasidagi muqobil takliflar o„z ifodasini topishi lozim. Amalda
ko„ppartiyaviylik – bu har xil kurash va g„oyalar o„rtasidagi bahs-munozara, turli
Dostları ilə paylaş: