Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 9 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
201
September, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
siyosiy partiyalarning rolini jiddiy ko‟tarish masalasidir. Bu yo‟nalishda qo‟yilgan
yana bir muhim qadam O‟zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan parlamentimiz
tomonidan qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va demokratlashtirish
hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‟g‟risida”gi O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonundir. Bu qonunni
qabul qilishdan asosiy maqsad siyosiy partiyalar fraksiyalarining davlat va jamiyat
qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini kuchaytirish, ularning funksiyalarini
bajarishda samaradorlikni oshirish, jamiyat siyosiy hayotida fraksiyalar faoliyatini
ta‟minlash, aholi manfaatlarini bevosita fraksiyalar orqali qonunchilik darajasiga
ko‟tarish va hal qilish, partiya yo‟nalishi va dasturini parlament va mahalliy
kengashlarda mustahkamlash va barqarorlashtirish imkoniyatini shakllantirishdan
iborat.
Bizga ma‟lumki, yangi qonun loyihalarini tayyorlash tashabbusi deputatlarning
to„g„ridan-to„g„ri birlamchi vazifalaridan biridir. Zamon talablari, jamiyatimiz shart-
sharoitlari, aholimiz tub ehtiyojlarining mazmunidan kelib chiqqan qonun loyihalari
borasida tashabbuslar siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillari tomonidan muntazam
ravishda ilgari surilishi zarur.
XULOSA
Xulosa o„rnida shuni aytish kerakki, O„zbekistonda siyosiy tizimi zamonaviy
siyosiy munosabatlar shart-sharoitlari va omillariga moslashish hamda uyg‟unlashish
sifatlariga ega bo‟lib bormoqda. Siyosiy partiyalarning islohatlar jarayonidagi
jamiyatni yangilash va modernizasiya qilish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirishdagi roli va ahamiyati kuchaytirish, ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik,
saylab qo‟yiladigan hamda vakolatli organlar nazoratini kuchaytirish, taraqqiy topgan
demokratik davlatlar tajribasi asosida yurtimizda haqiqiy ko„ppartiyaviylik muhitini
qaror toptirishga qaratilgan hayotiy zarur huquqiy qoidalar o„z aksini topdi.
Bularning barchasi siyosiy partiyalarning keng ko„lamda ijtimoiy-siyosiy faoliyat
yuritishini ta‟minlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilishiga va ularning
jamiyatimizdagi o„rni va nufuzi va mavqeini, vakolatlarini yanada kengaytirishga
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: