Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar


Kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi



Yüklə 123,46 Kb.
səhifə5/9
tarix24.12.2023
ölçüsü123,46 Kb.
#193325
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-hafta (1)

Kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi.Kitob – bebaho ne’mat. Kitob – tafakkur qanoti. Bu qanot qancha mustahkam bo‘lsa, yuksak kengliklar sari intilishdan tolmaydi. Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning o‘qib chiqilgan soni bilan emas, uqib olingan soni ila o‘lchanadi.
Yaqin do‘sting bo‘lmish kitobga inon. Zero u, odatda, sukut saqlab, fursati yetganda jamiki olam haqida batafsil so‘zlab beradi senga. Kishi qancha ko‘p kitob o‘qisa, birovlarga shuncha kam taqlid qiladi. Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob o‘qiydiganlar va kitob o‘qiydiganlarning og‘ziga qarab yuradiganlarga bo‘linadi.
Do‘sti ko‘p odamning qanoti qayrilmaydi, deyishadi. Ammo do‘stlar ham har xil bo‘ladi. Kimdir mol do‘st, kimdir jon do‘st. Ammo inson uchun shunday sodiq do‘st borki, u kitobdir. Darhaqiqat, kitob bilan oshno tutingan odam hayotda kam bo‘lmaydi, ma’naviyati yuksak bo‘ladi.
Kitob o‘qish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalitdir. Kitob mutolaa qilish kishining dunyoqarashini kengaytiradi, o‘ziga xos zavq bag‘ishlaydi. O‘zgalar oldida sohibining ilmiy, madaniy va axloqiy saviyasini yuqoriga ko‘tarib qo‘yadi. Zero, ko‘p o‘qigan, bilimdon insonning umuman o‘qimagan yoki kam o‘qiydiganlardan har sohada imkoniyat doirasi kengroq bo‘ladi. Misol uchun, ikkita tilni bilgan odam bitta tilni bilgan odamdan ikki baravar ko‘proq imkoniyatga ega. Uchta tilni biladigan odamning esa ikkita tilni biluvchi odamdan imkoniyat doirasi kattaroq bo‘ladi va hokazo. Bugungi yoki kechagi olimlar, yozuvchiyu shoirlar va ziyoli kishilar o‘z vaqtida ko‘p va xo‘p kitob mutolaa qilganliklari tufayli shu darajaga erishganlar.
Aql topish uchun kitob o‘qish – tana manfaatida badantarbiya bilan shug‘ullanishdek gapdir. So‘mni tiyin tashkil etsa, o‘qib chiqilgan kitob soni – bilimni. Inson eshitgan ma’lumotini to‘liq eslay olishi qiyin, ko‘rgani esa xotirada unchalik muhrlanmaydi. Lekin, kitobda o‘qigan ma’lumotni uning nomini eshitishi bilanoq yaxshi xotirlaydi.
“Ma’naviy jasorat sohibi” deb ardoqlangan atoqli adabiyotshunos olim va tarjimon Ozod Sharafiddinov dunyodagi yetti mo‘jizaga ta’rif berib “…yetti mo‘jiza inson aqlining, tafakkurining, qalbining otashin madhiyasi, inson dahosining ulug‘ligiga qo‘yilgan mangu obida bo‘lib kelmoqda. Biroq, shunday bo‘lsa-da, olamda yana bir mo‘jiza borki, uning buyukligi, muqaddasligi yetti mo‘jizaning jamiki ulug‘vorligi, go‘zalligidan kamlik qilmaydi. Bu mo‘jiza – kitob. Kitobning mo‘jiza, mo‘jiza bo‘lganda ham birinchi mo‘jiza ekanligini ko‘pgina buyuk odamlar qayd qilgan” deb yozadi.
Shuningdek avstriyalik yozuvchi va badiiiy biografiya janrining mohir ustasi Ctefan Sveyg shunday yozgan edi: “Qayerdaki kitob bor ekan, u yerda odam o‘zi bilan o‘zi uzlatda, o‘z ko‘lami doirasida qolib ketmaydi, u o‘tmish va bugungi kunning barcha olamshumul yutuqlariga, butun insoniyatning fikr va tuyg‘ulariga oshno bo‘ladi”.
Bolalikdan sevib mutolaa qilganimiz “Gulliverning sayohatlari” romanining muallifi, mashhur ingliz yozuvchisi va jamoat arbobi.  Jonatan Svift “Kitoblar aql farzandlaridir”, deya ta’kidlagan bo‘lsa, “Buyuk didaktika” asarining muallifi, chex gumanist-pedagogi, zamonaviy o‘qitish jarayoni asoschisi va yozuvchi Yan Anos Komenskiy bu boradagi fikrini o‘ziga xos tarzda namoyon etgan edi: “Kitoblar donishmandlikni yoyish qurolidir”.
Ingliz faylasufi Frensis Bekon esa “Kitoblar zamon to‘lqinlarida suzuvchi va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir”, deb yozadi.
Ko‘rib turganingizdek, buyuk allomalar, donishmandlar va yozuvchiyu olimlar kitobning mo‘jizaga, nurga, tafakkur quvvati va ustuniga, mangulik va ma’naviyat timsoliga, bilim manbaiga, sodiq do‘stga, davr ko‘zgusiga o‘xshatganlar. Eng muhimi, kitob jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda yengilmas kuchdir.

Yüklə 123,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin