Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar


O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlari tabiiy gaz yetkazib berishga start berdilar



Yüklə 123,46 Kb.
səhifə4/9
tarix24.12.2023
ölçüsü123,46 Kb.
#193325
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-hafta (1)

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlari tabiiy gaz yetkazib berishga start berdilar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berilishiga start berdi.
Teleko‘prik tarzida o‘tgan marosimda davlatimiz rahbari energetika sohasidagi uch tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadigan ushbu voqeaning tarixiy ahamiyatini qayd etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston va Rossiya yetakchilariga ushbu loyihaning ro‘yobga chiqarilishini shaxsan qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi. Gaz yetkazib berishni juda qisqa muddatda tashkil etish, magistral gaz quvuri qismlarini rekonstruksiya qilish, kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish va yangi “Beynov” gaz-o‘lchov stansiyasini qurish ishlarida ishtirok etgan mutaxassislarga alohida rahmat aytdi.
Rossiya gazini “revers” tarzda import qilish boshlanayotgani O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu loyiha mamlakatimiz energetik xavfsizligini ta’minlash, “moviy yoqilg‘i”ni kafolatli yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilish yo‘lida oldinga tashlangan katta qadam, iste’moldagi mavsumiy nomutanosiblikni qoplash, aholini gaz va elektr energiyasi bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlash uchun energiya resurslarining qo‘shimcha hajmlari demak.
Ushbu yirik loyihaning ro‘yobga chiqarilish va uning natijalari uch mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.


USHBU HAFTA “AXBOROT VA TYUTORLIK SOATI” MASHGʻULOTLARINI OʻTKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR
Mavzu: “Kitobxonlik–buyuk kelajak poydevori”


Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimiznint qon-qoniga singib ketgan.
Xalqimiz tilida ham kitob o‘qib bilim va munosib ta’lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bunday purhikmat naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin.
Eng muhimi, necha ming yillardan buyon sayqallanib, ne-ne avlodlarga yo‘lchi yulduzdek to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, hamisha kitob o‘qish va kitob mutolaasini umr bo‘yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insondagi Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, uni yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
Kitob, avvalo, yosh avlod ongu shuurida ona tiliga hurmat va ehtirom, o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, uning taqdiri uchun daxldorlik, fidoyilik tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirishning asosiy omillaridan biridir. Bu farzandlarimizda go‘zal so‘z sezgisini tarbiyalashdan boshlanadi. Go‘zal va ibratli so‘z sezgisini his qilgan qalb yomonlik qilishga qodir bo‘lmaydi. Zotan, kitob mutolaasi endigina katta hayot bo‘sag‘asiga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun ham, yoshi ulug‘lar uchun ham qalbi chirog‘i, tafakkur qanotidir.

Yüklə 123,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin