Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar


Bugungi kunda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi



Yüklə 123,46 Kb.
səhifə8/9
tarix24.12.2023
ölçüsü123,46 Kb.
#193325
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-hafta (1)

Bugungi kunda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi. Bugungi kunda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishida chuqur ma’no, ezgu maqsad mujassam. Chunki kitob insonning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuch, insoniyatning tarixiy xotirasi, kelajak yo‘llarini yorqin ko‘rsatib berishga qodir mash’aladir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
O‘tgan davrda matbuot, noshirlik va axborot sohasining mustahkam huquqiy asosi yaratildi. Xususan, bu borada 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjati qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi PF-4789-son farmoyishi hamda 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” PQ-3271-son Qarori ana shu ezgu ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishga qaratilganligi bilan g‘oyatda ahamiyatlidir.
Shu bilan bir qatorda Prezidentimizning 2017 yil 18 aprelda “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar hiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi qarori ham imzolandi. Mazkur hujjat ijrosi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilib, bog‘ hududi obodonlashtirildi.
2017 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining ham barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni beqiyos. Endilikda “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi chinakkam ma’noda ma’naviyat va ma’rifat bayramiga aylanib ketdi.
Shuningdek, 2019 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisi aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bilan bog‘liqki, aynan mana shu tashabbusni buyuklarning “bolangizga kitob o‘qishni o‘rgating, qolgan hammasini kitobning o‘zi o‘rgatadi” degan fikrlariga amaliy javob deb baholash mumkin.
Nihoyat 2020 yil bahorda davlatimiz rahbarining shaxsan tashabbusi asosida “Adiblar xiyoboni” barpo etildi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ushbu xiyobonda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi binosi joylashgan bo‘lib, uning atrofida adabiyot bo‘stonidagi mangu siymolar – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muqimiy, Abdulla Avloniy, Oybek, Zulfiya, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, G‘afur G‘ulom kabi bir qator millatimiz farzandlarining haykallari qad rostlagan. Bu esa o‘z navbatida, yurtimizda kitobxonlik saviyasi oshishiga, yangidan-yangi sermazmun kitoblar chop etilishiga omil bo‘luvchi muhim odimdir. Chunki xiyobonga tashrif buyurgan kitobxon – adiblarning siymolarini ko‘rib, ular yozib qoldirgan asarlar bilan tanishishga oshiqadi, hatto bog‘ manzarasi ularni sirli bir kitobsevarlik olamiga olib kiradi.
Bugungi kunda oilaviy kutubxonasi bor yuzlab, minglab yurtdoshlarimiz mavjud. Ularning kutubxonalarida shunday noyob, nodir kitoblar borki, ular juda kamyob va yagona nusxada. Prezidentimiz farmoyishi asosida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovi o‘sha nodir asarlarning nafaqat mazkur oila, balki butun jamiyatning ma’naviy mulkiga aylanishiga, ulardan keng jamoatchilikning, soha mutaxassislarining samarali foydalanishiga imkon yaratadi. Oilaviy kutubxona faqatgina uyning bezagi, uy egasining ziyoliligini bildiruvchi belgi bo‘lib qolmaydi.
Bugungi bolalar ertangi kun xalqqa aylanadi, – deydi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev. “Yoshlarni kitobga qaytarishimiz kerak. Axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi”.
Prezidentimiz bu masalani qayta-qayta ta’kidlamoqda: “Yoshlarni kitobga, kitobxonlikka qaytarish kerak! Kitobsiz kelajak yo‘q!”.
Darhaqiqat, kimki kitobga ko‘p boqsa, kitob uning zehnini ochadi, zavqini oshiradi, so‘zga chechan qiladi. Kitob yolg‘izlikdagi eng munis hamdamdir. Kitob insondan hech narsa talab qilmaydi, ammo uni kamolga yetkazadi. Kitob odob-axloqning koni, bilimning esa bulog‘idir.
Xalqimizda shunday ibora bor: “ilmdan bebahra ko‘ngil – ojiz, kitobsiz uy – hamisha qarong‘u”. Shunday ekan jamiyatni, ma’naviy muhitni yaxshi va foydali kitobsiz, kitobxon va kutubxonasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ming yillik ma’naviy mulkni jamlagan kutubxonalar jamiyatning ko‘rki sanaladi. Kitobdan bilim, zavq-shavq va bahra olish odamning botinini, ruhini tozalaydi. Yaxshi kitob va boy kutubxona – ma’nolar mahzanidir. Zero, dunyodagi ilg‘or mamlakatlarning har taraflama taraqqiy topishida ham ilmiy, falsafiy, tarixiy, badiiy kitoblarning roli juda katta bo‘lgan. Buni tarixiy manbalar isbotlab beradi.
Aslida, ona Vatanimizning o‘zi buyuk va betimsol kitobdir. Bu ulug‘vor kitobni o‘qib, anglamoq uchun ham, uning qadr va qimmatiga yetib yurmoq, chin va sadoqatli, ma’rifatli va bilimli farzandi bo‘lib sharaflamoq uchun ham ko‘p-ko‘p, juda ko‘p go‘zal va chiroyli kitoblarni mutolaa qilishi shart va zarurligini anglab yetgan har bir o‘g‘il-qiz shu Vatanning eng ko‘rkam va baxtli dilbandi bo‘la oladi.

Yüklə 123,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin