Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar


Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar



Yüklə 58,09 Kb.
səhifə3/5
tarix12.06.2023
ölçüsü58,09 Kb.
#128911
1   2   3   4   5
31-hafta

Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni kechasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan oʻtkazgan telefon orqali muloqotda “Togg” brendi ostida ishlab chiqarilgan birinchi turk elektromobili uchun minnatdorlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari qardosh Turkiya Prezidenti va xalqini katta texnologik gʻalaba – mamlakatda zamonaviy elektromobillarni sanoat usulida ishlab chiqarish boshlangani bilan tabrikladi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Turkiya keng koʻlamli strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho berildi.
Oʻzbekiston va Turkiya yetakchi kompaniyalarining yuqori texnologik tarmoqlardagi sanoat kooperatsiyasi miqyosini yanada kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.
Joriy yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama Oliy darajadagi Strategik sheriklik kengashi yigʻilishiga puxta tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Telefon muloqoti yakunida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha boʻlajak referendumni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi va uning muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.


Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari va istiqbollariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Maʼlumki, Jahon savdo tashkiloti davlatlararo koʻp tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi nufuzli xalqaro tuzilmadir. Dunyo savdosining 95 foizi unga aʼzo 164 ta mamlakat hissasiga toʻgʻri keladi.
Tashkilotning asosiy vazifasi – erkin va shaffof savdo munosabatlarini tartibga solish va uni kengaytirish orqali aʼzo mamlakatlar barqaror taraqqiyotini taʼminlash va insonlar turmushini yaxshilash hisoblanadi. Bu Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar maqsadiga toʻliq mos keladi.
Ilgari mamlakatimiz eksportning yarmi paxta tolasiga toʻgʻri kelardi. Uning eksportidan toʻliq voz kechilgandan keyin, tayyor kiyim-kechak eksporti 4 baravar koʻpaydi. Oʻtgan yil natijalariga koʻra, toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 3 milliard 300 ming dollarni tashkil etdi. 2021-yilda Oʻzbekiston GSP+ tizimiga qoʻshilgani natijasida Yevropa bozoriga tayyor mahsulot eksporti 1,5 baravar oshdi.
Tashqi savdoda tayyor mahsulot eksportini koʻpaytirishda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yanada keng imkoniyatlar ochadi. Shu bois Oʻzbekiston 2019-yildan bu xalqaro tuzilmaga aʼzolik jarayonini yangidan boshlagan edi. Oʻtgan davrda bu maqsad sari dadil qadamlar qoʻyildi.
Yigʻilishda davlatimiz rahbari Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish shartligini taʼkidlab, buning iqtisodiy ahamiyatiga toʻxtaldi.
Kelgusi uch yilda tayyor mahsulot eksportini 2 baravarga oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishishning birdan bir yoʻli – Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish. Bu 164 ta davlat bilan adolatli savdo tizimini yoʻlga qoʻyish va barqaror bozorlarni yaratish imkonini beradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz oʻtgan yilgi Murojaatnomasida bu jarayonni jadallashtirish haqida aytgan edi. Shu maqsadda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo 50 dan ziyod davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borildi. Bu jarayon boʻyicha joriy yilning mart oyida Jahon savdo tashkilotida ishchi guruhning oltinchi yigʻilishi oʻtkazildi.
Davlat rahbari huzuridagi taqdimotda aʼzo davlatlar tomonidan koʻtarilgan masalalar muhokama qilindi.
Jahon savdo tashkilotining bitimlaridan kelib chiqib, milliy qonunchilikni unga uygʻunlashtirish, tartib va standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Buning uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilib, ishchi guruhlarni shakllantirish, barcha vazirliklar va elchixonalar bilan tizimli ishlash zarurligi taʼkidlandi.



Yüklə 58,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin