O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining mazmuni va mohiyati


Strategiya so’zining umumiy ma’nosi



Yüklə 79,01 Kb.
səhifə5/12
tarix19.12.2023
ölçüsü79,01 Kb.
#186697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Haraka-fayllar.org

Strategiya so’zining umumiy ma’nosi
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan o’zaro bog’liq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi ko’plab tushunchalarda ifodalanadi.
5Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat. Siyosat, strategiya va taktika - strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bog’liq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan bo’lsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayog’iga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish bo’yicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi bo’yicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat - bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir.
Ko’rib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-umidlari yo’g’rilgan g’oyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. Mafkuradan nusxa olib bo’lmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan o’zlashtirib yoxud nusxa olib bo’lmaydi. Zero, har bir xalqning o’ziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud bo’ladi. Aynan shu omillar maʼlum ijtimoiy sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Strategiyani amalga oshirish eng masʼuliyatli jarayon. Agar u real vaziyatni to’liq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja bo’lsa, uning muvaffaqiyati taʼminlanadi. Mabodo teskari bo’lsa, unda turg’unlik yuzaga keladi. Bunga sabab, noto’g’ri tahliliy maʼlumotlar, xulosalar, kutilmagan sharoitlar, resurslardan oqilona foydalana olmaslikdir. Strategiyani baholash va nazorat qilish strategik rejalashtirishni mantiqiy yakunlovchi omili bo’lib hisoblanadi. U hodisalarning qayta aloqalanishini taʼminlash jarayonida strukturaviy bo’g’inlardagi bog’lanish imkoniyatlarini tahlil qiladi, baholaydi, aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Zaruratda strategik rejalarni o’zgartiradi.
Davlat strategik rejalari aniq va o’zgarmas tamoyillarga bo’ysundirilishi muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yo’nalishini taʼminlashga xizmat qiladi. Jumladan, rahbar o’z vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi maʼlumotlar va xulosalar bilan qurollanmog’i, bundan tashqari, improvizatsiya qilmog’i, quyilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni o’zgartirish ehtimoli yoki o’zgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta ko’rib chiqish imkoniyatini berishi zarur.
Strategik dastur va rejaning uyg’unligi hamda turli darajadagi qarorlarning mustahkam bog’liqligi muvaffaqiyatning kafolati. Mazkur birlik davlat organlarning strukturaviy bo’g’inlarida strategik harakatlarni birlashtirish, barcha funksional bo’lim rejalarining kelishuvi bilan taʼminlanadi. Ayni paytda strategiyani amalga oshirish imkoniyatlarini tug’diradi. Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani amalga oshirish uchun tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratilishi lozim.
Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past surʼatlariga, shaxsiy masʼuliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajasini oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor yondashuvlar bilan o’zgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik yo’nalishlarni belgilashning mavhum va nomaʼlum jihatlarini oydinlashtirish orqali tartiblashtirishga erishiladi.
Istiqbol maqsadlarni qo’ygan davlatlarning aksariyati milliy strategik muvaffaqiyatlarni YAIMning o’sishida, fuqarolarining farovonlik darajasining yuksalishida, deb qaraydi. Yaqin o’tmishda davlatning birlamchi vazifalari hosildorlikni oshirish, oltin-neftni ko’paytirish, armiyani mustahkamlash bilan izohlangan. Albatta, ushbu omillarni inkor etmagan holda bugun O’zbekistonda milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi fuqarolarning g’oyaviy eʼtiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal qonunlar va barqaror ijtimoiy institutlarning mavjudligini taʼminlash asnosida amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.
Strategik maqsadlarning aynan inson kapitaliga va u orqali adolatli qonunlarning, faol ijtimoiy institutlar harakati tashkil etilishiga qaratilayotganligi bejizga emas. Shuning uchun har qanday islohotlar inson kapitalini rivojlantirish bilan amalda uning tamal toshi mustahkamlanadi.
Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga bo’lgan munosabatini o’zgarayotganligida namoyon bo’lmoqda. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo’lib yashashi davlatning bosh maqsadi sifatida strategik yo’nalishlar belgilanmoqda. Ular avvalo, rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda o’z ifodasini topmoqda. Yoshlarga munosib taʼlim berish, zamonaviy kasb-hunarlar bilan qurollantirish, aholining salomatligini taʼminlash, nogironligi bo’lgan shaxslar, boquvchisini yo’qotganlar, yolg’iz keksalar, umuman, ko’makka muhtoj qatlamlarni qo’llab-quvvatlash davlatimiz rahbarining 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida o’z tasdig’ini topdi6.
Davlat va jamiyat qurilishi shunday bir murakkab tuzilmaki, uning tarkibidagi bir-biriga bog’liq bo’lgan va bir-birini to’ldiradigan soha va jabhalarni bir vaqtning o’zida jadal rivojlantirishni talab qiladi. Ularning har biri ikkinchisiga zamin yaratadi. Qaysidir asosiy soha avval rivojlanib, boshqa soha va tarmoqlar uchun lokomotiv vazifasini ham bajaradi. Albatta, bu jarayonda har bir sohaning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, obyektiv tahlil qilish, o’z vaqtida tegishli chora-tadbirlar qabul qilish, ularni rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratish, samarali ishlash mexanizmlarini yangi texnologiyalar asosida tashkil etib berish kabi vazifalarni hal qilishni talab qiladi.
Davlatning harakatlar strategiyasi yetaklovchi lokomotiv kuchi - bu davlat va uning organlari. Islohotlarning garovi va kafolati hokimiyatning samarali faoliyati bilan bog’liq hodisa. U boshqaruv mahorati bilan uzoqqa mo’ljallangan maqsadlarni rejalashtiradi, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni idora qiladi, aholini safarbar etadi, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va uni odilona taqsimot qilish vazifalarini amalga oshiradi. Shunday ekan, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimlarini takomillashtirmasdan turib mamlakat hayotini modernizatsiya qilib bo’lmaydi. Modernizatsiya o’z umrini poyoniga yetkazgan boshqaruv usullarini yangi sifat va talablar darajasiga ko’tarish bilan mamlakatni rivojlantirishga olib keladi. Bu jarayonlar bevosita mahalliy hokimiyatlarning hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda mustaqil qarorlar qabul qilishning huquqiy asoslarini shakllantirishni taqozo qiladi. Shu nuqtai-nazardan Prezidentimiz parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, maʼmuriy islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qo’llash, davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va masʼuliyatini qayta ko’rib chiqish, ularning mustaqilligini yanada oshirish vazifalarini belgilaydi.
Boshqaruvda adolatli davlat idora tizimlari shakllanmas ekan, qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari - ikkinchi uzviy bog’lanuvchi muhim tamoyil taʼminlanmaydi. Ular sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunday tizimning samarali faoliyati fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishning real imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Oliy sud - oliy hakam sifatida jamiyatning yaxshi-yomoni, foyda-ziyonini belgilab beruvchi maʼnaviy barometrga aylanadiki, bunday ijtimoiy muhitda jinoyat qilishdan ko’ra bunyodkorlik qilish afzal bo’ladi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozimligiga ahamiyat berishi strategik maqsadlarning izchil amaliyotini joriy etishga qaratilmoqda.
Jamiyatda adolatli boshqaruvning vujudga kelishi, shubhasiz, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlarini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish surʼatlarini saqlash, tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, uning raqobatbardoshligini oshirish, ayniqsa, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning yangi innovatsion texnologiyalarining tatbiq etilishi imkoniyatlarini yaratadi. Yaʼni rivojlanishning ichki qonuniyatlariga ko’ra, yangi sifat bosqichga ko’tarilishning murakkab, ammo takomillashgan shakllari paydo bo’ladi. Bu, o’z navbatida, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni amalga oshiradi. Natijada mavjud salohiyatdan samarali foydalanish orqali joylarda mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o’sish surʼatlari vujudga keladi.
Jamiyatda ijtimoiy ongning o’zgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham rivojlanib boradi. Jamiyat va uning holati aslida inson ongining inʼikosi. Fuqarolar qanday ezgu amallar maʼrifati bilan qurollangan bo’lsa, ana shu ruhiy qudrat istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon ulkan to’lqin sifatida millatning mushtarak maqsadlarida namoyon bo’ladi. U, o’z navbatida, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida yangi tarmoqlarning, ishchi o’rinlarning paydo bo’lishiga, aholining real daromadi va shunga muvofiq turmush darajasining o’sib borishiga xizmat qiladi.
Mamlakatini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston o’zining boy tarixiga tayanib, porloq istiqbolini qurayotgan davlat, hamjihat xalq, eng tez rivojlanayotgan mamlakat sifatida dunyoga tanildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan, hayotga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa’y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamon shiddatiga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta’minlashga qaratilgani bilan g’oyat ahamiyatlidir.
Davlatimiz rahbarining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi farmoni mamlakatimiz hayotida katta voqelik bo’ldi. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilab bergan mazkur hujjatda qayd etilgan har bir vazifa shu zaminda yashayotgan, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan qarayotgan har bir inson hayoti bilan chambarchas bog’liq. Harakatlar strategiyasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar, davlat organlari vakillarining uchrashuvlari, xalq bilan muloqotlar chog’ida bildirilgan mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning kontseptual masalalari kiritilgani e’tiborga loyiq.
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo’yicha Davlat dasturi tasdiqlanishi uni hayotga tatbiq etish samaradorligini oshiradi. Shu jihatdan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshiriladigan Davlat dasturida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Buning tub mohiyatida xalqqa har tomonlama qulaylik yaratish mujassam. Faoliyati aholi bilan ishlash, uning manfaatlarini ta’minlash bo’lgan tuzilmalar yanada takomillashtiriladi. Bu jarayonda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi sifatini tubdan yaxshilash, siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish kutilgan natijaga erishishda zarur vosita bo’lishi shubhasiz.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak, degan fikrlari faoliyatimizda muhim mezonga aylandi. Zero, sohamiz xodimlarining zimmasidagi vazifalarni bajarishga katta mas’uliyat bilan yondashishi, ishlarni qonuniy muddatlarda ko’rib chiqib, adolatli va asosli qarorlar qabul qilishi bugungi kun talabidir.
Davlatimiz rahbarining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo’lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bunday chora-tadbirlar sudlarning odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshiradi.
Sansalorlikka va ishlarning ko’rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho’zib yuborilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlari kengaytirilishi ham sohada sezilarli yutuqlarga yo’l ochadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasiga mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning kontseptual masalalari kiritilgan.
Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg’in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi. Natijada ko’plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Yurtdoshlarimiz yuksak faollik ko’rsatib, olib borilayotgan islohotlarga befarq emasliklarini namoyon qildi. Natijada har jihatdan pishiq va puxta ishlangan hujjat qabul qilindi. Bu mamlakatimizni yanada rivojlantirishda va aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Harakatlar strategiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va demokratlashtirish, davlat xizmati tizimini takomillashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning kasb malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratayotgani o’z ifodasini topgan.
Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, mamlakatimizning olis hududlarini ham elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’limni sifat jihatdan yanada boyitish borasida qator chora-tadbirlar belgilangan.



Yüklə 79,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin