Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:Mustaqillik yillarida O’zbekiston o’zining boy tarixiga tayanib, porloq istiqbolini qurayotgan davlat, hamjihat xalq, eng tez rivojlanayotgan mamlakat sifatida dunyoga tanildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan, hayotga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa’y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamon shiddatiga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta’minlashga qaratilgani bilan g’oyat ahamiyatlidir.
Davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni mamlakatimiz hayotida katta voqelik bo’ldi. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilab bergan mazkur hujjatda qayd etilgan har bir vazifa shu zaminda yashayotgan, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan qarayotgan har bir inson hayoti bilan chambarchas bog’liq.
Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish”ga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan1.
Shuning uchun ham 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Hech shubhasiz, bularning barchasi pirovardida xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish, qishloq joylarga sanoatning jadal kirib borishi va yangi ish o’rinlari ochish uchun agrar sektor imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida keng imkoniyat yaratadi deya ta’kidlaganalar prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev2.
Aynan yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlar mazkur kurs ishining ahamiyatini belgilab beradi.