O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining mazmuni va mohiyati


II.BOB.Harakatlar strategiyasi – iqtisodiy barqarorlikning asosi



Yüklə 79,01 Kb.
səhifə8/12
tarix19.12.2023
ölçüsü79,01 Kb.
#186697
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Haraka-fayllar.org

II.BOB.Harakatlar strategiyasi – iqtisodiy barqarorlikning asosi
2.1. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalar
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalar Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo’nalishida keltirilgan bo’lib, unda asosan quyidagi vazifalarni belgilangan muaddatlarda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan:
  • tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;


  • paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;


  • fermer xo’jaliklar, eng avvalo, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;


  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologiyalar asosida asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish;


  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini tarmoqlarini yanada kengaytirish;


  • sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish;


  • yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda hayvonot turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;


  • global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi halokatining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish.


Shuningdek, keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo’jaligini isloh qilish, xususan, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.


Shu bilan birga, qishloq xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha uzoq muddatga mo’ljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to’sqinlik qilmoqda.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo’shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xarita”si tasdiqlangan.
Bundan tashqari quyidagi ustivor yo’nalishlar amalga oshirilishi belgilangan:
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash va isteʼmol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag’batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo’shilgan qiymatli qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo’shilgan qiymat zanjirini yaratish;
qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat tarmog’ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o’sishini qo’llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko’paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
yer va suv resurslari, o’rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
qishloq xo’jaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
fermer xo’jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo’shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash;
qishloq xo’jaligida ilmiy-tadqiqot, taʼlim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va maʼlumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qo’llashni nazarda tutuvchi ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga ko’maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik maʼlumotlarni to’plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish.
Shuningdek, Mamlakatda qishloq va suv xo’jaligini rivojlantirish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va bozor munosabatlari mexanizmlarini joriy qilishda fermer xo’jaliklari uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qishloq xo’jaligi tarmog’ining jadal rivojlanishi, o’z navbatida, suv resurslari iste’molining ortib borishiga olib keladi, ushbu holat yuzaga kelayotgan chaqiruv va xatarlarga nisbatan o’z vaqtida choralar ko’rilmagan taqdirda, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Qishloq va suv xo’jaligi boshqaruvi sohasida uzoq vaqt davomida hal etilmasdan kelayotgan tizimli muammolarning mavjudligi mazkur holatni yanada kuchaytirmoqda, jumladan:
birinchidan, oziq-ovqat xavfsizligini vakolatli organlar o’zaro hamkorligining ta’sirchan mexanizmisiz tarqoq holda rejalashtirish va ta’minlash qabul qilinayotgan qarorlar hamda aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishiga olib kelmoqda;
ikkinchidan, qishloq va suv xo’jaligida uzoq muddatli puxta siyosatning shakllantirilmaganligi sababli mazkur sohalarni yanada rivojlantirishning aniq yo’nalishlari belgilanmagan;
uchinchidan, yuzaga kelayotgan muammolar bo’yicha tezkor qarorlar qabul qilishda vakolatli organlarning samarali muvofiqlashtiruvchi roli va tashabbuskorligi mavjud emas;
to’rtinchidan, mas’ul idoralar tomonidan haqqoniy axborotni yig’ish, tahlil qilish va almashish mexanizmining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi sababli o’zlariga yuklatilgan vazifalar samarasiz amalga oshirilmoqda;
beshinchidan, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda suv iste’moli sohalarida mustaqil nazorat mavjud emas, buning natijasida tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash ishlariga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti, innovatsion texnologiyalar va ishlanmalarni joriy qilish darajasi pastligicha qolmoqda.


Yüklə 79,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin