Kurs ishining tadqiqot usullari: Kurs ishini yozishda tarixiylik tamoyili, qiyosiy tahlil, xronologik tizimli tahlil kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Kurs ishining amaliy natijalari:Harakatlar srategiyasining predmeti va vazifalariga bagishlangan ilmiy adabiyotlar va birlamchi manbalarning oziga xos umumiy hamda xususiy jihatlari, miqdor va sifat darajasi aniqlandi.
Kurs ishining nazariy-uslubiy asoslari:Kurs ishining ilmiy natijalaridan mamlakatlarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilashda, aynan ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sohani rivojlantirish, bozor munosabatlarini yaxshilash,davlatlar oʻrtasida oʻzaro madaniy va manaviy aloqalarni rivojlantirishda,faol davlat organini shakllantirishda asosiy vosita boʻlib xizmat qiladi.
Kurs ishining obyektiO’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi hisoblanadi Kurs ishining obyekti O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi va Harakatlar strategiyasiga asosan qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan iborat.
Kurs ishining tuzilishi.Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va o’zaro mazmunan bog’langan 2 ta bob va 4 ta rejadan iborat bo’lib umumiy hajmda 43 betni tashkil etadi.
I.BOB. Harakatlar strategiyasi 1.1. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining mazmuni va mohiyati Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko’ra, har bir xalq o’z oldiga ulug’ va istiqbol maqsadlarni qo’yishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallaydi. Bugun O’zbekiston ham o’z tarixining ana shunday masʼuliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolag’a bo’lmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g’oyaga aylanmoqda.
Xo’sh, strategiya nima? U xalqning maqsadlarini qanday taʼminlaydi? Tanlagan maqsadlarning istiqbollari nimalarda namoyon bo’ladi?
Strategiya - bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo’lib, u izchillik bilan va to’liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni taʼminlaydi (1-rasm).4