Kurs ishining oʻrganilganlik darajasi: 32017 yilda Davlat rahbarining g'oyasi va tashabbusi bilan joriy etilgan, O'zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, dunyoning ilg'or demokratik davlatlari qatoridan joy olishi va jahon maydonida munosib o'rin egallashi asosiy maqsad etib belgilangan Harakatlar strategiyasi mamlakatning yaqin istiqboldagi taraqqiyot yo'lining bosh ustuvor hujjati sifatida xalqaro jamoatchilik, nufuzli ekspert-mutaxassislar, davlat va jamoat arboblari, siyosatshunoslar tomonidan yuqori baholandi.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi belgilab berilgan bo'lib, ularning har birida mamlakatda yangi bosqichdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va samaradorligini ta'minlashga oid aniq chora-tadbirlar o'z aksini topgan.Yuridik fan va ta'limni takomillashtirish, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish yuzasidan Prezident Farmoni, Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo'yicha nizomlar haqida ishlar olib borilgan.
Kurs ishining maqsadiHarakatlar strategiyasini o’rganish, unda belgilangan ustivor yo’nalishlarning amaliyotga sifatli va o’z vaqtida tadbiq etilishini jadallashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: - O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining mazmuni va mohiyatini ochib berish;
- O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tutgan o’rnini yoritish;
- O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlarini tadqiq etish;
- O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni tadqiq va tahlil qilish.
- O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasiga asosan qishloq xo’jaligini modernizatsiya jarayonlari holatini tahlil qilish.