beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalari
qo’pol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi yuqori bo’lgan ob’yektlar jumlasiga
kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini
amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini to’xtatib turish va
tugatish haqida takliflar kiritadi
gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o’zanlari va to’g’onning ularga
tutash bo’lgan quyi hamda yuqori hududlaridan xo’jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatni
amalga oshirish uchun foydalanishga (suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalari
berish bundan mustasno) rozilik beradi;
daryolarning o’zanlarida va to’g’onning ularga tutash quyi va yuqori
hududlarida suv xo’jaligi ob’yektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud
xo’jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat yurituvchi tashkilotlarning faoliyatini, agar
bunday faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga yomon ta’sir ko’rsatishi
mumkin bo’lsa, taqiqlaydi yoki cheklab qo’yadi. Tadbirkorlik sub’yektlarining
faoliyatini taqiqlash va cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda
vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf
yuzaga kelishining oldini olish bilan bog’liq holda faoliyatni o’n ish kunidan ko’p
bo’lmagan muddatga cheklash hollari mustasno;
gidrotexnika inshootlarining muhofaza qilinishini tashkil etish ustidan nazoratni
amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli organning gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini
ta’minlash to’g’risidagi ko’rsatmalari foydalanuvchi tashkilotlar ijro etishi uchun
majburiydir.
Dostları ilə paylaş: