Foydalanuvchi tashkilot gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasini
maxsus vakolatli organga taqdim etadi. Deklaratsiyaning maxsus vakolatli organ
tomonidan tasdiqlanishi gidrotexnika inshootini Kadastrga kiritish va gidrotexnika
inshootini qurishga ruxsat olish, foydalanishga topshirish, undan foydalanish yoki uni
foydalanishdan chiqarish yoxud rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tiklash yoki
konservatsiyalash uchun asos bo’ladi.
11-modda.
Gidrotexnika
inshootlari xavfsizligi deklaratsiyalarining davlat
ekspertizasi
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyalarining davlat ekspertizasi, shu
jumladan loyihalashtirish bosqichidagi davlat ekspertizasi O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda o’tkaziladi.
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyalarining davlat ekspertizasi
gidrotexnika inshootlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tashabbusi bilan, shu jumladan
ular rozilik bermagan taqdirda ham, maxsus vakolatli organning ko’rsatmalariga binoan
o’tkaziladi.
Maxsus vakolatli organ tomonidan davlat ekspertizasi xulosasi asosida
gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlash haqida, tegishli
ruxsatnoma berish to’g’risida yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqida qarorlar qabul
qilinishi mumkin.
Foydalanuvchi tashkilot maxsus vakolatli organning qaroriga rozi bo’lmagan
taqdirda, qaror yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: