13-modda. Gidrotexnika inshootlarini tekshirish
Gidrotexnika inshootlarini tekshirish chog’ida gidrotexnika inshootlarining
xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini baholash maqsadida foydalanuvchi
tashkilotlarning, shuningdek gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda, ularni qurishda,
rekonstruksiya qilishda, kapital ta’mirlashda, tiklashda yoki konservatsiya qilishda
pudrat tashkilotlarining faoliyati ustidan nazorat amalga oshiriladi.
14-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan avariya
moddiy-texnika zaxiralari favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda zarur moddiy
resurslarni oshig’ich tarzda jalb qilish maqsadida oldindan yaratiladi. Bu zaxiralarni
yaratish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
15-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarini
buzishda aybdor bo’lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasining
Dostları ilə paylaş: |