gidrotexnika inshooti xavfsizligining pasayishi sabablarini muntazam tahlil qilib
borish va gidrotexnika inshootining texnik jihatdan soz holatda bo’lishini va uning
xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek gidrotexnika inshooti avariyasining oldini olish
bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni va bajarishni o’z vaqtida amalga oshirishga;
gidrotexnika inshootining muntazam tekshirib turilishini ta’minlashga;
gidrotexnika inshootining avariyasini tugatish uchun mo’ljallangan moddiy
zaxiralarni yaratishga;
gidrotexnika inshootidan foydalanishni tashkil etish va xodimlarning malakasi
normalarga va qoidalarga muvofiq bo’lishini ta’minlashga;
gidrotexnika inshootlaridagi favqulodda vaziyatlar to’g’risida xabar berish
mahalliy tizimlarini doimiy shay holatda saqlashga;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda aholini gidrotexnika
inshootlarining xavfsizligi masalalari to’g’risida xabardor qilishga;
gidrotexnika inshooti avariyalarining oldini olish masalalari bo’yicha
favqulodda vaziyatlar organi bilan hamkorlik qilishga;
gidrotexnika inshootining avariyasi xavfi borligi haqida maxsus vakolatli
organni, boshqa manfaatdor davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini
va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini va suvning (to’g’onning) tiyib turish
bosimi yorib o’tishining bevosita xavfi bo’lgan taqdirda suv ostida qolish ehtimoli
bo’lgan zonadagi aholini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni darhol xabardor
qilishga;
maxsus vakolatli organga o’z vakolatlarini amalga oshirishda ko’maklashishga;
gidrotexnika inshootidan foydalanish, uning xavfsizligini ta’minlash bo’yicha
tadbirlarni, shuningdek gidrotexnika inshooti avariyalarining oldini olish va ularning
oqibatlarini tugatish ishlarini moliyalashga.
Dostları ilə paylaş: