tirikchilikning qonuniy manbai
— ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, tadbirkorlik
faoliyatidan yoki mulkdan olingan foyda, pensiya,
stipendiya, alimentlar,
ijtimoiy nafaqalar,
moliyaviy jamg‘armalar yoki oila a’zolari va boshqa shaxslarning moliyaviy yordami, shuningdek
boshqa qonuniy daromadlar;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs
— O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan,
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga
doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs;
fuqarolikning o‘zgarishi
— O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish yoki tugatish;
chet davlat fuqarosi
— O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, boshqa
davlat fuqaroligiga va o‘zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lgan
shaxs;
Dostları ilə paylaş: