LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-son qarori bilan
tasdiqlangan 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning Milliy
strategiyasining
2-bobi
. (1. Ro‘yxatga olishlar sohasida statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash)
16-modda. Bola farzandlikka olinganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan,
chet davlat
fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston
Respublikasi
fuqaroligini oladi.
Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan er-
xotin tomonidan
farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan
shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lgan er-xotin
tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs
bo‘lgan bola farzandlikka oluvchilarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligini oladi.
17-modda. Bola farzandlikka olingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini
saqlab qolishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida farzandlikka
olingan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, biri chet davlat fuqarosi, boshqasi esa
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bolaga
farzandlikka olganlarning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga
ruxsat berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: