O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-modda. Chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
fuqarolik

31-modda. Chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat 
fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash
Chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan 
otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan va yigirma bir yoshga 
to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolarini aniqlash uchun ichki ishlar organlari va konsullik muassasalari 
manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ma’lumotlarini tekshiradi, shuningdek 
jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini o‘rganadi.


Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosiga yoki uning qonuniy vakiliga ushbu Qonunning
25-moddasi 
qoidalari 
tushuntiriladi. 
Agar shaxs yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlatning fuqaroligini tugatish 
to‘g‘risida axborot taqdim etmasa, Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi 
va xulosani materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik 
masalalari komissiyasiga yuboradi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-
martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini 
ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 
38-bandi
.  
5-bob. Ota-onasining fuqaroligi o‘zgargan taqdirda va farzandlikka olinganda bolaning 
fuqaroligi
32-modda. Ota-onasining fuqaroligi o‘zgargan taqdirda bolaning fuqaroligi o‘zgarishi
Agar o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligini olsa yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu 
bolaning fuqaroligi o‘zgarishi mumkin. 
Ota-ona (yolg‘iz ota yoki ona) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini o‘zgartirganda 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolaning fuqaroligi, basharti bola fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxs bo‘lib qolmasa, o‘zgarishi mumkin. 
Ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining fuqaroligi o‘zgarganda, bolaning 
fuqaroligi o‘zgarmaydi. Bolaning fuqaroligi o‘zgargan taqdirda, ota-onalik huquqlaridan mahrum 
etilgan ota-onasining roziligi talab qilinmaydi. 

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin