Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosiga yoki uning qonuniy vakiliga ushbu Qonunning
25-moddasi
qoidalari
tushuntiriladi.
Agar shaxs yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlatning fuqaroligini tugatish
to‘g‘risida axborot taqdim etmasa, Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi
va xulosani materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik
masalalari komissiyasiga yuboradi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-
martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini
ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning
38-bandi
.
5-bob. Ota-onasining fuqaroligi o‘zgargan taqdirda va farzandlikka olinganda bolaning
fuqaroligi
32-modda. Ota-onasining fuqaroligi o‘zgargan taqdirda bolaning fuqaroligi o‘zgarishi
Agar o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligini olsa yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu
bolaning fuqaroligi o‘zgarishi mumkin.
Ota-ona (yolg‘iz ota yoki ona) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini o‘zgartirganda
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolaning fuqaroligi, basharti bola fuqaroligi bo‘lmagan
shaxs bo‘lib qolmasa, o‘zgarishi mumkin.
Ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining fuqaroligi o‘zgarganda, bolaning
fuqaroligi o‘zgarmaydi. Bolaning fuqaroligi o‘zgargan taqdirda, ota-onalik huquqlaridan mahrum
etilgan ota-onasining roziligi talab qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: