O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-modda. O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning O‘zbekiston



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
fuqarolik

33-modda. O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi
Agar O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan bolaning ota-onasi (yolg‘iz otasi 
yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa va bunda ular o‘ziga nisbatan vasiylik 
yoki homiylik belgilangan bolaning tarbiyasida ishtirok etmasa, ota-onasining notarial tartibda 
tasdiqlangan arizasiga, vasiyning yoxud homiyning iltimosnomasiga ko‘ra bola O‘zbekiston 
Respublikasining fuqaroligini saqlab qoladi.
34-modda. Ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan 
taqdirda bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, 
boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan 
otaning yoki onaning iltimosnomasiga ko‘ra, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, bola O‘zbekiston 
Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin. 
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, 
boshqasi esa O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi bo‘lib qolaversa, o‘n 
to‘rt yoshga to‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan va doimiy yashayotgan bola 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi. 
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, 
boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi hududida 
yashayotgan bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi. 
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, 
boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida 
doimiy yashayotgan bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan otaning yoki onaning 
iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin. 



Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin