O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-modda. Komissiyaning huquqlari



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
fuqarolik

48-modda. Komissiyaning huquqlari
Komissiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi 
huquqlarga ega: 
yurituvida turgan ish yuzasidan tegishli davlat organlaridan O‘zbekiston Respublikasining 
fuqaroligi masalalari bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar va materiallarni talab qilib olish; 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni 
tayyorlashda ishtirok etish, tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga kiritish; 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan zarur bo‘lgan qo‘shimcha 
axborot olish uchun o‘z majlislariga davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillarini taklif etish.
Komissiya O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni 
ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida ushbu Qonun 42-moddasining 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan 
asoslarga ko‘ra qaror qabul qiladi.
49-modda. Komissiyaning ishini tashkil etish va qarorlarini qabul qilish tartibi
Komissiyaning zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida ikki marta o‘tkaziladigan majlislari 
Komissiya ishining tashkiliy shaklidir. 


Komissiyaning majlislari uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir 
bo‘lganda vakolatlidir. 
Komissiya majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurori ishtirok etishi hamda muhokama etiladigan masalalar yuzasidan 
ma’ruza qilishi mumkin. 
Komissiya qarori majlisda hozir bo‘lgan Komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik 
ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya a’zolarining ovozlari teng bo‘lib qolganda raislik qiluvchining 
ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning 
majlisida ishtirok etgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
masalalariga oid materiallarni dastlabki tarzda ishlab chiqish va tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin