O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
fuqarolik

7-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish 
muddatlari va ko‘rib chiqishni tugatish asoslari
41-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni 
ko‘rib chiqish muddatlari
Ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
masalalariga oid hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin ushbu Qonunning 
52-moddasida 
belgilangan tartibda tuziladigan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo 
ma’lumotlar bazasiga materiallarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi talabnomani uch ish kuni ichida 
kiritadi. 
Talabnomani ko‘rib chiqish, tekshiruv o‘tkazish va xulosa tayyorlash muddati bir oyni 
tashkil etadi. Qo‘shimcha hujjatlar yoki ma’lumotlar olish zarur bo‘lganda talabnomani ko‘rib chiqish 
va xulosa tayyorlash muddati bir oygacha uzaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni qabul qilgan 
konsullik muassasasi ularni diplomatik pochta jadvalini hisobga olgan holda Tashqi ishlar vazirligiga 
yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga 
yuborish uchun materiallarni Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tayyorlash 
muddati bir oydan oshmasligi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishning 
umumiy muddati talabnoma O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo 
ma’lumotlar bazasiga kiritilgan sanadan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak. 
42-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni 
ko‘rib chiqishni tugatish
Quyidagi holatlar O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni 
ko‘rib chiqishni tugatish asoslari hisoblanadi: 
a) shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari 
va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan uning mulkiy majburiyatlari mavjudligi; 
b) shaxsning qidiruvda ekanligi; 
v) agar shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan, sudlangan va jazoni 
o‘tayotgan bo‘lsa; 
g) shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hukmining 
mavjudligi; 
d) bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etganlik; 
e) O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi manfaatlariga zidlik; 
j) shaxsning vafot etganligi. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish 
tugatilganligi to‘g‘risida ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi arizachini yoki uning qonuniy 
vakilini O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish 
tugatilganligi sabablarini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi. 
Ushbu modda birinchi qismining
 “a”

“b”

“v”
 va 
“g” bandlarida 
nazarda tutilgan holatlar 
bartaraf etilgan taqdirda, shaxs ichki ishlar organiga yoki konsullik muassasasiga qayta murojaat 
qilish huquqiga ega.


O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish 
tugatilgan taqdirda to‘langan davlat boji yoki konsullik yig‘imi qaytarib berilmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha takroriy murojaat O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining 
fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish haqida qaror qabul qilganidan so‘ng 
bir yil o‘tgach ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan qabul qilinadi. Ariza 
beruvchiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yangi holatlar yuzaga kelgan 
taqdirda, takroriy iltimosnoma ko‘rsatilgan muddatdan oldin ham ko‘rib chiqilishi mumkin. 

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin