(38-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-
iyundagi O‘RQ-696-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y.,
03/21/696/0553-son)
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va
agar mavjud bo‘lsa yashash guvohnomasi;
tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish
to‘g‘risidagi iltimosnomaga ushbu moddaning
birinchi qismida
sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari
quyidagilar ilova qilinadi:
ariza beruvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi
bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshining pasporti yoki
identifikatsiyalovchi kartasi yoxud manfaatdor vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning
iltimosnomasi;
(38-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-
iyundagi O‘RQ-696-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y.,
03/21/696/0553-son)
sudlanganlik holati yo‘qligini yoki mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi
iltimosnomaga pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi) ilova qilinadi.
(38-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)
Dostları ilə paylaş: