O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-modda. Ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
fuqarolik

35-modda. Ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan 
taqdirda bolaning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolishi
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan bo‘lsa, 
boshqasi esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib qolaversa, bola O‘zbekiston Respublikasining 
fuqaroligini saqlab qoladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan otasining yoki 
onasining iltimosnomasiga ko‘ra, bolaga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolgan otasining yoki onasining yozma roziligi 
mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat berilishi mumkin. 
36-modda. Bolaning fuqaroligini o‘zgartirish chog‘ida uning roziligini olish zarurligi
Ota-onasining fuqaroligi o‘zgarganda yoki bola farzandlikka olingan taqdirda o‘n to‘rt 
yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolaning fuqaroligi faqat uning yozma roziligi bilan 
o‘zgartirilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-
martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini 
ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 
7-bandi
.  
6-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish 
chog‘ida hujjatlarni tayyorlash tartibi
37-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki 
undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalarga doir umumiy talablar 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish 
to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchi tomonidan 
shaxsan beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan shaxs iltimosnomani doimiy yashash yoki 
vaqtincha turgan joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda yashayotgan shaxs esa konsullik 
muassasasiga beradi. Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda (kasallik, konsullik muassasasining mavjud 
emasligi) notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma ishonchli shaxslar orqali berilishi mumkin. 
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish 
to‘g‘risidagi iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan ularning 
tuzilish sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanishi kerak. Agar ariza beruvchi jismoniy nuqsonlari
kasalligi oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko‘ra iltimosnomani o‘z qo‘li bilan imzolay 
olmasa, uning topshirig‘iga ko‘ra o‘zga shaxs ariza beruvchi va ichki ishlar organining mansabdor 
shaxsi yoxud konsullik muassasasining konsullik mansabdor shaxsi hozirligida iltimosnomani yoki 
boshqa hujjatni ariza beruvchi hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligining sababini ko‘rsatgan 
holda imzolashi mumkin. Bunday hollarda ichki ishlar organining mansabdor shaxsi yoki konsullik 
muassasasining konsullik mansabdor shaxsi tomonidan iltimosnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi.

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin