Iltimosnomani qabul qilgan ichki ishlar organi yoki konsullik
muassasasi ariza beruvchi
tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini uch ish kuni ichida tekshiradi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi
ariza beruvchidan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoxud zarur axborotni boshqa
davlat organlaridan so‘rab olishga haqli.
Iltimosnoma ushbu Qonunning
37
,
38
va
39-moddalarida
ko‘rsatilgan barcha hujjatlar ariza
beruvchi tomonidan taqdim etilgan paytdan e’tiboran ko‘rib chiqish
uchun qabul qilingan deb
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: