8-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash va fuqaroligini tan olish tartibi 43-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash to‘g‘risidagi ariza
uning doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashayotgan shaxs tomonidan
esa konsullik muassasasiga beriladi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori . Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash shaxsning O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash to‘g‘risidagi arizasi va arizaga ilova qilingan
hujjatlar asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash
O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning vakolatli organi so‘rovi bo‘yicha ham amalga
oshirilishi mumkin.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son) Oldingi tahrirga qarang. Ariza beruvchida uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi
hujjatlar mavjud bo‘lganda ariza beruvchiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki
identifikatsiyalovchi kartasi yoxud O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini
tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi.
(43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son) Ariza beruvchida zarur hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, shuningdek ariza beruvchining
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligiga nisbatan shubha paydo bo‘lganda ichki ishlar
organi yoki konsullik muassasasi tekshiruv o‘tkazish uchun tegishli davlat organlariga so‘rovnoma
yuboradi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha xulosa chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ushbu
Qonun
5
,
6
,
13 — 16
va
32 — 36-moddalarining
talablari buzilgan holda olinganligi fakti aniqlangan
taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ichki
ishlar organining xulosasiga asosan olib qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti
yoki identifikatsiyalovchi kartasi olib qo‘yilayotgan shaxs mazkur xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda,
u o‘zining O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi to‘g‘risidagi
masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli.
(43-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son) Ushbu moddaning
to‘rtinchi
va
beshinchi qismlarida
ko‘rsatilgan xulosalar tegishincha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar
bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan
tasdiqlanadi.